O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish


Download 349.29 Kb.
bet63/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

125-modda. Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarishni Davlat budjeti daromadlari tushumlari va xarajatlarining qisqa muddatli prognozlarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun Yagona g‘azna hisobvarag‘ida mablag‘lar yetishmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti xarajatlarining cheklangan hajmini belgilaydi hamda uning asosida budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnomalar beradi.
Xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnomalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi budjet tizimi budjetlarining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini boshqaradi.
(125-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona g‘azna hisobvarag‘ining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklarida depozitlarga joylashtirilishi mumkin bo‘lgan mablag‘larning hajmini belgilaydi.
(125-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona g‘azna hisobvarag‘ining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirish va ularni tijorat banklarida depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(125-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 15-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining g‘aznachiligi to‘g‘risida nizom 8-bandining uchinchi xatboshisi.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling