O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 349.29 Kb.
bet71/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

137-modda. Dotatsiya
Yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga dotatsiya quyi turuvchi budjet xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi subvensiyalar va o‘tkazib beriladigan daromadlar hisobga olingan holda mazkur budjet daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlariga dotatsiya jamg‘armalar xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi yil boshidagi qoldiq hisobga olingan holda jamg‘armalar daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratilishi mumkin.
Dotatsiyaning miqdori:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyi turuvchi budjetlarga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga ajratilganda — asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 12.05.2010-yilda 2102-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 12.05.2010-yildagi 27-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yuqori budjetdan quyi budjetlarga o‘tkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish, ajratish tartibi to‘g‘risida nizomning 5-bandi.
138-modda. Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar
Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar moliya yili mobaynida budjetlar parametrlari o‘zgarganda yuqori va quyi turuvchi budjetlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro pul munosabatlaridir.
Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar:
qonun hujjatlari qabul qilinganligi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlarining prognozi aniqlashtirilganligi;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning bo‘ysunuvi o‘zgarganda xarajatlar bir budjetdan boshqa budjetga o‘tkazilganligi;
kapital qo‘yilmalar limitlari budjetlar darajalari o‘rtasida qayta taqsimlanganligi munosabati bilan yuzaga keladi.
Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarga kiritilishi lozim bo‘lgan summa yuqori turuvchi moliya organi tomonidan aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 10 va 20-moddalari, 127-moddasining beshinchi qismi, 131-moddasi o‘ninchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi “O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 522-sonli qarori.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling