O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 349.29 Kb.
bet72/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

1381-modda. Maqsadli ijtimoiy transfertlar
Maqsadli ijtimoiy transfertlar yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga ta’lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi.
Maqsadli ijtimoiy transfertlarning miqdorlari:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga – asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari tasdiqlanayotganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi.
Foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi kerak.
(1381-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 134, 139, 140-moddalari.
139-modda. Budjetlararo transfertlarni o‘tkazish tartibi
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan budjetlararo transfertlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan budjetlararo transfertlar ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan tumanlar, shaharlar budjetlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan budjetlararo transfertlar ularning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Budjetlararo transfertlarni o‘tkazish g‘azna memorial ordyerlari asosida amalga oshiriladi.
Budjetlararo transfertlar bo‘yicha hisob-kitoblar joriy moliya yilida qo‘shimcha vaqt davri hisobga olingan holda tugallanishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 134, 140-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 22.12.2016-yilda 2850-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalarining 12-bobi.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling