O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qo‘llaniladigan cheklovlar
Download 349.29 Kb.
|
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-bob. Budjet tizimi budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish 143-modda. Budjet tizimi budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish tartibi
142-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qo‘llaniladigan cheklovlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari balanslashtirilgan daromadlar va xarajatlarga ega bo‘lishi lozim. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari taqchilligiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini qabul qilish va ijro etishda: mablag‘lar jalb qilishni amalga oshirishga, yuqori turuvchi budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno; tasdiqlangan budjetdan ajratilgan mablag‘lardan ortiq xarajatlarni amalga oshirishga, ushbu Kodeksning 143-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; tegishli budjetlar mablag‘lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga; yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari va kredit liniyalari berishga yo‘l qo‘yilmaydi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 27, 28, 35, 71-moddalari. 21-bob. Budjet tizimi budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish 143-modda. Budjet tizimi budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish tartibi Moliya yili mobaynida budjet tizimi budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish: budjet tizimi budjetlari daromadlari va (yoki) xarajatlarini kamaytirishni yoki ko‘paytirishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlari o‘zgargan; bir budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar kamaytirilib, mos ravishda boshqa budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ko‘paytirilgan; budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar xarajatlarning bir moddasidan boshqa moddasiga o‘tkazish zaruriyati yuzaga kelgan; Davlat budjeti mablag‘larining moliya yili boshidagi erkin qoldiqlari ushbu Kodeksning 126-moddasida nazarda tutilgan tartibda xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan; budjet tasnifiga o‘zgartirishlar kiritilgan; ushbu Kodeks 120-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Davlat budjeti daromadlari prognozining oshirib bajarilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga davlat aktivlarini xususiylashtirishdan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar hisobidan xarajatlar Davlat budjetiga o‘zgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi. (143-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Budjet tizimi budjetlarini ijro etishda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida hisobga olinadi. Moliya yili mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari xarajatlariga ularning tasdiqlangan parametrlari doirasida birinchi va ikkinchi guruh xarajatlari, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sotib olish xarajatlari bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘larni ko‘paytirish yoki kamaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlariga tasdiqlangan budjetlar doirasida uning ijrosi jarayonida qonun hujjatlari asosida o‘zgartirishlar kiritish tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida hisobga olib boriladi. (143-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son) LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 21 — 23-moddalari, II bo‘limi (Budjet tizimi budjetlari), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 22.12.2016-yilda 2850-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 22.11.2016-yildagi 88-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi qoidalarining 3-bobi. Oldingi tahrirga qarang. (144-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son) Download 349.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling