O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 349.29 Kb.
|
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- 163-modda. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari
162-modda. Budjet hisoboti turlari
Budjet hisoboti quyidagi hisobot turlarini o‘z ichiga oladi: budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari; Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga daromadlarning tushumlari to‘g‘risidagi hisobot; Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot; davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot. 163-modda. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning choraklik moliyaviy hisobotlari hisobot yilining 1-aprel, 1-iyul va 1-oktabr holatiga, yillik moliyaviy hisobotlar esa, kelgusi hisobot yilining 1-yanvar holatiga ko‘ra tuziladi. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari mazkur tashkilotlarning rahbari hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlar: budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga; Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga; tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlariga taqdim etiladi. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari asosida choraklik va yillik jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi. Tasarrufdagi tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan o‘zi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga jamlanma moliyaviy hisobotlarni taqdim etadigan muddatlar hisobga olingan holda belgilanadi. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning jamlanma moliyaviy hisobotlari budjet mablag‘larini taqsimlovchining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi. Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan budjet mablag‘lari oluvchilar davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan belgilangan tartibda choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzadi hamda davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga taqdim etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan tegishli moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlardan kechiktirmay taqdim etadi. Tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan tegishli moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin yuqori turuvchi moliya organi tomonidan belgilangan muddatlardan kechiktirmay taqdim etadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar rahbarlarining yoki ular vakolat bergan shaxslarning va bosh buxgaltyerlarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning choraklik hamda yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. Vazirliklar, idoralar, davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjet mablag‘larini taqsimlovchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanilishi, o‘tkazilgan tanlovlar (tendyerlar) va olingan tovarlarning yetkazib berilishi to‘g‘risidagi tegishli axborotni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi. (163-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-avgustdagi O‘RQ-559-sonli Qonuniga asosan o‘n ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son) Download 349.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling