O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlar


Download 349.29 Kb.
bet82/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

23-bob. Budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlar
157-modda. Budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlar berish
Budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan berilishi mumkin.
Budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlarni berish qonun hujjatlari hamda shartnoma bilan belgilanadigan muddatlilik, qaytarish, maqsadli foydalanish shartlariga va boshqa shartlarga asoslanadi.
158-modda. Rezident-yuridik shaxslarga beriladigan (ochiladigan) budjet ssudalari va kredit liniyalari
Budjet ssudalari va kredit liniyalari rezident-yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida berilishi (ochilishi) mumkin.
Budjet ssudalari budjet tashkilotlariga bevosita O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladi.
Kredit liniyalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan rezident-yuridik shaxslarga ularga xizmat ko‘rsatadigan tijorat banklari orqali, shuningdek bevosita tijorat banklariga ochiladi.
159-modda. Budjet ssudasi va kredit liniyasini o‘z vaqtida qaytarmaslik
Budjet ssudasi yoki kredit liniyasi, shu jumladan foizlar budjet ssudasini berish yoki kredit liniyasini ochish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatlarda va hajmlarda o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
qarzni qarzdordan so‘zsiz tartibda undiradi;
har bir kechiktirilgan kun uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarz summasining 0,033 foizi miqdorida penya hisoblaydi.
160-modda. Chet davlatlarga beriladigan kreditlar
Chet davlatlarga kreditlar belgilangan tartibda beriladi.
VIII bo‘lim.
Budjet hisobi va hisoboti

24-bob. Budjet hisobi va hisobotini yuritish tartibi
161-modda. Umumiy qoidalar
Budjet hisobi budjet tizimi budjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o‘zgartiruvchi operatsiyalarning holati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash, ro‘yxatdan o‘tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir.
Budjet hisoboti budjet hisobi ma’lumotlari asosida belgilangan shakllar bo‘yicha tuziladigan aktivlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning umumlashtirilgan tizimidir.
Budjet hisobi va budjet hisobotining yagona uslubiyati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ushbu Kodeks, budjet hisobining standartlariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Budjet hisobining standartlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va budjet hisobotining yagona uslubiyatiga rioya etilgan holda budjet hisobining batafsil bo‘lishini ta’minlaydigan ichki idoraviy hujjatlar qo‘llanilishi mumkin.
Budjet tizimi budjetlari ijrosining budjet hisobi:
moliya organlari;
g‘aznachilik bo‘linmalari;
davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari;
budjet tashkilotlari;
davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan yuritiladi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi bo‘yicha budjet hisobi kassa usuli bo‘yicha yuritiladi.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling