O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot
Download 349.29 Kb.
|
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-bob. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash
- 167-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash
166-modda. Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot
Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tahliliy maqsadlar uchun davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etadi. Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarning shakllari, taqdim etish tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 16-oktabrdagi 67-sonli “Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarning shakllarini tasdiqlash va muddatlarini belgilash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2624, 10.11.2014-y.). Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga: davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda; davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha taqdim etadi. Oldingi tahrirga qarang. 25-bob. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash (25-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda) 167-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tashqi audit o‘tkazish va baholash uchun hisobot yilidan keyingi yilning 5-apreligacha yuboradi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotga doir xulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi. Oldingi tahrirga qarang. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarning tashqi auditi va ularni baholash natijalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalari majburiy ravishda e’lon qilinadi. (167-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-avgustdagi O‘RQ-559-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son) Oldingi tahrirga qarang. 168-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan hisobot davri uchun taqdim etilgan tegishli budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘z partiyalar guruhlarida va doimiy komissiyalarida (qo‘mitalarida) dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan so‘ng tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etadi. Tegishli budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish muddatlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan belgilanadi. Tegishli budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi. (168-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda) Download 349.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling