O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Davlat moliyaviy nazorat organlari


Download 349.29 Kb.
bet89/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

171-modda. Davlat moliyaviy nazorat organlari
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining daromadlari qismi bo‘yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
172-modda. Davlat moliyaviy nazorati prinsiplari
Davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining prinsiplaridir.
173-modda. Davlat moliyaviy nazoratining shakllari, turlari va usullari
Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o‘rganish shaklida amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi:
dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g‘aznachilik bo‘linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan;
joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g‘aznachilik bo‘linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan;
yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so‘ng ushbu Kodeksning 171-moddasida ko‘rsatilgan davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir.
Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir:
hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab:
yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish;
tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;
nazoratning maqsadga yo‘naltirilganligi va predmetiga qarab:
kompleks nazorat — moliyaviy nazorat obyektining muayyan davr uchun moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining barcha yo‘nalishlarini nazorat qilish;
mavzuli nazorat — moliyaviy nazorat obyektining muayyan davr uchun ayrim masalalar bo‘yicha faoliyatini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
muqobil nazorat — operatsiyalar yagonaligi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va turli moliyaviy nazorat obyektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o‘z ichiga olgan tekshirish, bundan tadbirkorlik subyektlari mustasno.
(173-moddaning uchinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling