O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari


Download 349.29 Kb.
bet23/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

44-modda. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari quyidagilardir:
Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi;
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari;
budjet tashkilotlarining undiriladigan to‘lovlar hisobiga shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablag‘lari.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodekeksning 36-moddasi, 11 va 15-boblari, 105-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 15.12.2014-yilda 2634-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 14.11.2014-yildagi 74-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomning 4-bobi.
III bo‘lim.
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti. O‘zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi

7-bob. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti
45-modda. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini tuzish maqsadlari
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari bo‘yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda budjet tizimi budjetlarining (budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini, ular o‘rtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 46-moddasi.
46-modda. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibi
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga quyidagilar kiradi:
Davlat budjeti;
davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamg‘armalarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
(46-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-508-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 34 — 36, 45, 47 — 49-moddalari.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling