O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Budjet hisobini va moliyaviy hisobotni yuritish tartibini buzish


Download 349.29 Kb.
bet96/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

189-modda. Budjet hisobini va moliyaviy hisobotni yuritish tartibini buzish
Boshlang‘ich hisob hujjatlarining mavjud emasligi, budjet hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlarining boshlang‘ich hisob hujjatlarining ma’lumotlariga nomuvofiqligi, budjet hisobi va moliyaviy hisobotlarda operatsiyalar va mol-mulkning to‘liq aks ettirilmaganligi budjet hisobini va moliyaviy hisobotni yuritish tartibini buzishdir.
190-modda. Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini buzish.
Moliya organlariga budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini buzishdir.
191-modda. O‘zbekiston Respublikasiga beg‘araz yordam doirasida kelib tushgan tovarlardan foydalanish tartibini buzish
O‘zbekiston Respublikasiga beg‘araz yordam doirasida kelib tushgan tovarlarni sotish, ijaraga berish yoki boshqa tijorat maqsadlariga yo‘naltirish ulardan foydalanish tartibini buzishdir.
192-modda. Budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling