O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Moliyaviy nazorat obyekti mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari


Download 349.29 Kb.
bet94/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

185-modda. Moliyaviy nazorat obyekti mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
Moliyaviy nazorat obyektining mansabdor shaxslari:
davlat moliyaviy nazorati amalga oshirilishining maqsadi, boshlanish sanasi va davomiyligini bilishga;
davlat moliyaviy nazorat organlarining tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan mazkur organ rahbarining qarorini va yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi bir martalik guvohnomani, shuningdek shaxsiy guvohnomani talab qilishga;
davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazish uchun asosga ega bo‘lmagan shaxslarni davlat moliyaviy nazoratiga qo‘ymaslikka;
davlat moliyaviy nazorati natijalari yuzasidan shikoyat qilishga haqlidir.
Moliyaviy nazorat obyektining mansabdor shaxslari:
davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxslari davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazishi uchun zarur sharoitlar yaratishi;
davlat moliyaviy nazorat organi va uning mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek davlat moliyaviy nazorat organi mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga monelik qilmasligi;
davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazish vaqtida davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxslariga mazkur nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi hamda ularning ishonchliligi, xolisligi va to‘liqligi uchun shaxsan javobgar bo‘lishi;
budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda foydalanilgan mablag‘larning o‘rni qoplanishini, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlashi shart.
Moliyaviy nazorat obyektining mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
186-modda. Davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazishdagi cheklovlar
Davlat moliyaviy nazoratini:
moliyaviy nazorat obyekti mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi, erining (xotinining) qarindoshi bo‘lgan;
moliyaviy nazorat obyektida shaxsiy mulkiy manfaatlari bo‘lgan;
tekshiruv bilan qamrab olingan davrda moliyaviy nazorat obyektida ishlagan davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘tkazish taqiqlanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari bu haqda davlat moliyaviy nazoratini tayinlagan organning rahbarini yozma shaklda xabardor qilishi kerak.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling