O‘zbekiston respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘G‘risida


Download 19.29 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi19.29 Kb.
#1540323
1   2   3
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘G‘r

8-modda.
Davlat mulki obyektlari, shuningdek davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining, shu jumladan Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va oborot yoki boshqa fondlari hamda o‘zga mol-mulki, ichki kommunikatsiya, transport, aloqa va energetika tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasi O‘zbekiston Respublikasining mulkidir.
9-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish respublika qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Respublika hududida joylashgan, Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan davlat korxonalarini aksiyali jamiyatlarga aylantirish, ularni mulkning boshqa shakllariga o‘tkazish faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan shartlar asosida va tartibda amalga oshiriladi.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valyuta jamg‘armalarida o‘z ulushiga ega.
11-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z pul birligi — milliy valyutasini joriy etishga, jami pul oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasi hajmlarini mustaqil belgilashga haqli.
12-modda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil moliya va kredit siyosatini amalga oshiradi. Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va mahalliy budjetlarga tushadi.
13-modda.
O‘zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari va boshqa aloqalar o‘rnatadi, ular bilan muxtor vakillar ayirboshlaydi, xalqaro shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lishi mumkin.

Download 19.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling