O’zbekiston respublikasining fuqarolarini o’zini o’zi boshqarish organlari to’G’risidagi qonun: tarkibi va mazmuni reja


Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash


Download 38 Kb.
bet3/3
Sana04.02.2023
Hajmi38 Kb.
#1157386
1   2   3
Bog'liq
FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI FAOLIYATINING QONUNIY ASOSLARI TO‘G‘RISIDA111

3.Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash.
Fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining Fuqarolar yig‘inlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning raislari va yig‘inning mas’ul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yig‘inining kengashi tuziladi.
Fuqarolar yig‘inining kengashi:
fuqarolar yig‘inini chaqiradi;
fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar ishini muvofiqlashtiradi, xayriya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi tadbirlarni o‘tkazadi;
fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) taqdimnomasiga ko‘ra fuqarolar yig‘ini kengashining devonini shakllantiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini uyushtirishda fuqarolarni qabul qilishda, ular o‘z saylov uchastkalarida boshqa vakolatlarini amalga oshirishlarida ko‘maklashadi;
ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, sport tadbirlarini va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘maklashadi;
xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalash ishidagi mavqeyini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi;
ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining oldini olish, fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligi huquqlariga rioya etilishini ta’minlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘radi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
tarbiyaga oid masalalar yuzasidan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga nafaqalarni shu maqsadda ajratilgan davlat budjeti mablag‘laridan belgilangan tartibda tayinlaydi va to‘laydi;
boshqalarning parvarishi va yordamiga muhtoj keksa fuqarolarga shafelik (patronajlik) yordami shu maqsadda ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ko‘rsatilishiga ko‘maklashadi;
mazkur hududda yashovchi fuqarolarni ish bilan ta’minlashga, shu jumladan kasanachilikni tashkil etishga ko‘maklashadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik korxonalar, sartaroshxonalar, poyabzal ta’mirlash va tikish ustaxonalari, xalq hunarmandchiligi sexlarini va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bu qaror keyinchalik fuqarolar yig‘inida tasdiqlanadi;
aholining uylarni, hovlilardagi binolarni, hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va orasta saqlash, bolalar va sport maydonchalarini jihozlash, yo‘llar, ko‘priklar, ko‘chalar, yo‘lkalar, kommunal tarmoqlarni qurish, qayta qurish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlash, tarix va madaniyat yodgorliklarini, qabristonlarni ta’mirlash ishlarida ixtiyoriylik asosida qatnashishlarini tashkil etadi, tuman, shahar hokimligi ajratadigan moddiy va boshqa mablag‘larni, o‘z mablag‘larini ana shu maqsadlarda ishlatadi, jamoatchilik yordamini (hasharlarni) uyushtiradi, ko‘riklar va tanlovlar o‘tkazadi;
yoqilg‘i, elektr va issiqlik energiyasi hamda suvdan tejamli foydalanish va ularning behuda sarflanishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazadi:
dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
tegishli hududdagi yerlarning foydalanilishi va muhofaza etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining ishi, savdo va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish madaniyati qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
tegishli hududda jamoat tartibini ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish ishida, voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashadi;
aholi punktlari, suv ta’minoti manbalari, turar joylar, maktablar va boshqa ta’lim muassasalarining sanitariya va ekologiya holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga, jonivorlarni saqlashga oid veterinariya qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadi:
imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni orasta saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
uy-joy fondidan foydalanish va uning asralishini ta’minlashda fuqarolarga ko‘maklashadi;
aholidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida tushishiga ko‘maklashadi.
fuqarolar kommunal xizmatlar haqini va majburiy badallarni bank muassasasi orqali hisob-kitob qilib, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lashlarini kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari, xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi. Aholi uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘liq to‘lashini ta’minlaganligi uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga o‘tkaziladigan mablag‘larni belgilangan tartibda kam ta’minlangan oilalarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lashda yordam berishga, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining xodimlarini rag‘batlantirishga, shuningdek obodonlashtirish ishlarini o‘tkazishga ishlatadi;
fuqarolarni tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatlarini tugatishga jalb etadi;
aholini fuqarolik himoyasiga doir tadbirlarni o‘tkazishga jalb etadi, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari bo‘limlariga chaqirilayotganliklaridan xabardor etishni va chaqirishni tashkil qilishga ko‘maklashadi, shuningdek shaharchalar, qishloqlar va ovullarda ularning shaxsiy-birlamchi hisobini yuritadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzurida yarashtiruv komissiyasi tuzadi;
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbarini tayinlaydi va tuzilmaga a’zolar qabul qiladi;
fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisini tayinlaydi;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy-mehnatga tiklash va jinoyatchilikning oldini olishga doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda amalga oshiradi;
ilgari sudlangan hamda huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boshqa shaxslarga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish uchun faxriylardan, xotin-qizlar va yoshlar, madaniyat va din vakillari jumlasidan komissiyalar tuzadi.
Fuqarolar yig‘inining Kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) vakolatlari
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli):
fuqarolar yig‘inini chaqiradi;
rais maslahatchilarining, mas’ul kotibning, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar hamda ma’muriy komissiya raislari va a’zolarining nomzodlarini saylash uchun fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi;
qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, fuqarolar yig‘ini va uning Kengashi qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etadi;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolarning manfaatlarini ifodalaydi;
fuqarolar yig‘ini mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi;
egasiz mol-mulkni, shuningdek meros tariqasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga o‘tgan mol-mulkni saqlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi nomidan shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi;
kam ta’minlangan oilalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarning moddiy va uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritadi;
o‘z hududi doirasida yashovchilarni hisobga olib borishni, shuningdek tegishli hududda jamoat tartibini ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish ishida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashishga doir ishlarni tashkil etadi;
voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga ko‘maklashadi;
ichki ishlar organlarining profilaktika bo‘yicha tegishli inspektori bilan birgalikda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yarashtiruv komissiyasida raislik qiladi;
tegishli hududda bayram kunlari va muhim sanalar bilan bog‘liq ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini tashkil qiladi;
ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining, diniy qarashlarni majburan singdirish hollarining oldini olishga doir ishlarni uyushtiradi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi;
fuqarolarni qabul qiladi, ularning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko‘rib chiqadi;
fuqarolarga ularning oilaviy va mulkiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotnomalar hamda hujjatlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar berilishini ta’minlaydi;
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda tegishli organlarga taqdimnomalar kiritadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) belgilangan namunadagi guvohnomaga ega bo‘ladi.
Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan o‘limni qayd etish va ishonchnomalarni tasdiqlash
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) o‘limni qayd etishni belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin.
Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) xat-xabarni, shu jumladan pul va jo‘natmani olish uchun, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bog‘liq boshqa to‘lovlarni olish uchun, mualliflar va ixtirochilarning haqlarini, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek banklardan summalarni olish uchun ishonchnomalarni belgilangan tartibda tasdiqlashi mumkin.
Fuqarolar yig‘inining taftish va ma’muriy komissiyalari
Taftish komissiyasi fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi.
Ma’muriy komissiya ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi o‘z vakolatlari doirasidagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun tuziladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Lex uz veb sayti https://lex.uz/docs/-2156899

  2. Wikipediya .org veb sayti

  3. Denemetr.com veb sayti https://uz.denemetr.com/docs/769/index-298944-1.html

Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling