O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

241-modda. Majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash
Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatni to‘la hajmda yoki uning bir qismini bajarish,
agar qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, shuningdek agar uchinchi shaxs
taraflardan biri bilan tegishli shartnoma orqali bog‘liq bo‘lsa, uchinchi shaxs zimmasiga
yuklatilishi mumkin.
Agar majburiyatni qarzdorning shaxsan o‘zi ijro etishga majburligi qonunchilik, shartnoma
yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, kreditor qarzdor uchun uchinchi shaxs
tomonidan taklif qilingan ijroni qabul qilishi shart.
Majburiyat bajarilmaganligi uchun, basharti qonunchilik yoki shartnomada uchinchi
shaxsning javobgar bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnomadagi taraf javobgar bo‘ladi.
(241-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 434-moddasi 
birinchi qismi
, 634-moddasining 
birinchi qismi
, 694-
moddasining 
birinchi qismi

704-moddasi
, 820-moddasining 
ikkinchi xatboshisi

858-moddasi
.
242-modda. Majburiyatni bajarish muddati
Agar majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan yoki talab qilib olish payti bilan
belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, kreditor har qachon ijroni talab qilishga, qarzdor esa — ijroni har
qachon amalga oshirishga haqli bo‘ladi. Majburiyatni darhol bajarish vazifasi qonun, shartnoma


yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor bunday majburiyatni kreditor talab
qilgan kundan boshlab yetti kunlik muddat ichida bajarishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
145 — 148

150 — 153-moddalari
, 283-moddasi 
ikkinchi qismi
, 389-
moddasi 
birinchi qismi
, 420-moddasi 
birinchi qismi
, 421-moddasi 
birinchi qismi

430

805
,
 892-moddalari
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling