339-modda. Ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun kreditorni javobgarlikdan ozod
qilish
Agar kreditor ijroning kechiktirib yuborilishi qonunga muvofiq yoki kreditorning topshirig‘i
bilan ijroni qabul qilish vazifasi yuklatilgan shaxslar qasddan ish tutganligi yoki ehtiyotsizligi
tufayli kelib chiqqanligini isbotlasa, u ijroning kechiktirib yuborilganligi uchun javobgarlikdan
ozod qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
14
,
129
,
133
,
236— 258
,
324 — 338-moddalari
.
25-BOB
MAJBURIYATLARNING BEKOR BO‘LIShI
340-modda. Majburiyatlarning bekor bo‘lish asoslari
Oldingi
tahrirga qarang.
Majburiyat ushbu Kodeksda, boshqa qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda
tutilgan asoslarga ko‘ra to‘liq yoki qisman bekor bo‘ladi.
(340-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Majburiyatni taraflardan birining talabi bilan bekor qilishga qonunchilik yoki shartnomada
nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
(340-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
14
,
236 — 258
, 283-moddasi birinchi qismining
2-bandi
, 309-moddasi
birinchi qismining
3, 4-bandlari
,
341 — 352-moddalari
, 382-moddasi
ikkinchi — to‘rtinchi qismlari
,
O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to‘g‘risida”gi Qonunining
15-moddasi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |