O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
53-modda. Yuridik shaxsni tugatish
Yuridik shaxsni tugatish uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o‘tmasdan bekor qilinishiga olib keladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 54 — 56-moddalari , “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 49-moddasi , “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 98-moddasi , “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 56- moddasi , “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 55- moddasi , “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonun 27-moddasi ikkinchi — uchinchi qismlari , 31-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlari . Yuridik shaxs quyidagi hollarda tugatilishi mumkin: Oldingi tahrirga qarang. uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, shu jumladan yuridik shaxsning amal qilish muddati tugashi, uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan yoki yuridik shaxsni tashkil qilish chog‘ida qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo‘lmasa, sud yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishni haqiqiy emas deb topganida; (53-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375- son) Oldingi tahrirga qarang. faoliyat litsenziyasiz, faoliyat (harakatlar) ruxsatnomasiz yoxud vakolatli organni xabardor qilmasdan amalga oshirilgan yoki qonunda taqiqlangan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga ko‘ra. (53-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12- oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) Oldingi tahrirga qarang. moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra, bundan nodavlat notijorat tashkilotlari mustasno. (53-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Sudning yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qarorida uning muassislari (ishtirokchilari) yoxud yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari bilan uni tugatishga vakil qilingan organ zimmasiga yuridik shaxsni tugatishni amalga oshirish vazifasi yuklatilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 54 — 56-moddalari , “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 36-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2013-yildagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisi , Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risida nizom , “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 32-moddasi . Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling