O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

64-modda. Aksiyadorlik jamiyati
Ustav fondi muayyan aksiyalar soniga bo‘lingan jamiyat aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi;
aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari (aksiyadorlar) uning majburiyatlari bo‘yicha javob
bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymati
doirasida javobgar bo‘ladilar.
Aksiyalar haqini batamom to‘lamagan aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining majburiyatlari
bo‘yicha o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar
bo‘ladilar.
Aksiyadorlik jamiyatining firma nomida jamiyatning nomi hamda bu jamiyat aksiyadorlik
jamiyati ekanligi o‘z ifodasini topishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy mavqeyi hamda aksiyadorlarning huquq va burchlari
ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(64-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
39, 40-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
 Qonuni
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(65 va 66-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli 
Qonuniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
67-modda. Shu’ba xo‘jalik jamiyati
Agar bir (asosiy) xo‘jalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xo‘jalik jamiyatining ustav fondida
undan ustunlik mavqeyiga ega bo‘lgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o‘rtasida tuzilgan
shartnomaga muvofiq yo bo‘lmasa boshqacha tarzda ikkinchi xo‘jalik jamiyati tomonidan qabul
qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo‘lsa, ushbu ikkinchi xo‘jalik jamiyati shu’ba
xo‘jalik jamiyati hisoblanadi.
Shu’ba xo‘jalik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shu’ba xo‘jalik jamiyati o‘z mulkida o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi (ustav
kapitalidagi) ulushga ega bo‘lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga
kirguniga qadar o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni
olgan shu’ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ishtirokchilari yoki aksiyadorlari
umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emas.


(67-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-
son)
Shu’ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati (shirkati)ning qarzlari bo‘yicha javob
bermaydi.
Asosiy jamiyat (shirkat) aybi bilan shu’ba xo‘jalik jamiyati nochor (bankrot) bo‘lib qolgan
taqdirda, asosiy jamiyat (shirkat) uning qarzlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi.
Shu’ba xo‘jalik jamiyati ishtirokchilari (aksiyadorlari) asosiy jamiyatdan (shirkatdan) uning
aybi bilan shu’ba jamiyatga yetkazilgan zararni to‘lashni, agar qonunda boshqacha tartib
belgilangan bo‘lmasa, talab qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
39, 40

58-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasining 
birinchi —
oltinchi qismlari
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling