Qarang: mazkur Kodeksning
234, 235
,
237
,
241
,
259
,
312-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Garov to‘g‘risida”gi Qonunining
24 — 28-moddasi
.
312-modda. Zakalat bilan ta’minlangan majburiyatni bekor qilish va bajarmaslik
oqibatlari
Majburiyat uni bajarishdan oldin taraflarning kelishuviga muvofiq yoki bajarishning imkoni
yo‘qligi oqibatida (ushbu Kodeksning
349-moddasi
) bekor qilingan
taqdirda zakalat puli
qaytarib berilishi kerak.
Agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat puli bergan taraf javobgar bo‘lsa, zakalat
ikkinchi tarafda qoladi. Agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat olgan taraf javobgar
bo‘lsa, u ikkinchi tarafga zakalatni ikki baravar qilib qaytarishi shart.
Bundan
tashqari, shartnomaning bajarilmasligi uchun javobgar bo‘lgan taraf, agar
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, zakalat summasini hisobga olgan
holda ikkinchi tarafga zararlarni to‘lashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
234, 235
,
237
,
241
,
259
,
311
,
380-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Garov to‘g‘risida”gi Qonunining
24 — 28-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: