O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Fuqarolik qonunchiligi hujjatlari


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

3-modda. Fuqarolik qonunchiligi hujjatlari
Fuqarolik qonunchiligi ushbu Kodeksdan, ushbu Kodeks 2-moddasining 
birinchi

to‘rtinchi
va 
beshinchi 
qismlarida ko‘rsatilgan munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlar hamda
qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Boshqa qonunlar va qonunchilik hujjatlaridagi fuqarolik qonunchiligi normalari ushbu
Kodeksga mos bo‘lishi shart.
Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat organlari ushbu Kodeksda, boshqa qonunlar hamda
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va doirada fuqarolik munosabatlarini tartibga
soluvchi hujjatlar chiqarishi mumkin.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
24 — 35-moddalari
, mazkur Kodeksning 
1-2

4
— 7-moddalari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
4-modda. Fuqarolik qonunchiligining vaqt bo‘yicha amal qilishi
Fuqarolik qonunchiligi hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga
kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Qonun u amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qonunda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi.


Fuqarolik qonunchiligi hujjati amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlar
bo‘yicha bu qonunchilik hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va
burchlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Agar shartnoma tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy bo‘lgan, shartnoma
tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan qonun qabul qilingan bo‘lsa,
tuzilgan shartnomaning shartlari o‘z kuchini saqlab qoladi, bundan qonunning avval tuzilgan
shartnomalardan kelib chiquvchi munosabatlarga tatbiq etilishi ko‘rsatilgan hollar mustasno.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
1 — 3

5 — 7-moddalari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling