O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda huquqiy vorislik


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

50-modda. Yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda huquqiy vorislik
Yuridik shaxslar qo‘shib yuborilganida ulardan har birining huquq va burchlari topshirish
hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o‘tadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
51-moddasi
, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun 93-moddasi 
to‘rtinchi qismi
, “Mas’uliyati cheklangan hamda
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun 50-moddasi 
beshinchi qismi
.
Yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shilganida, bu yuridik shaxsga qo‘shilgan yuridik
shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq o‘tadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
51-moddasi
, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun 94-moddasi 
to‘rtinchi qismi
, “Mas’uliyati cheklangan hamda
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun 51-moddasi 
to‘rtinchi qismi
.
Yuridik shaxs bo‘lingan taqdirda uning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq
yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga o‘tadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
51-moddasi
, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun 95-moddasi 
to‘rtinchi qismi
, “Mas’uliyati cheklangan hamda
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun 52-moddasi 
beshinchi qismi
.
Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxs ajralib chiqqanida qayta tashkil
etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga
o‘tadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
51-moddasi
, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun 96-moddasi 
to‘rtinchi qismi
, “Mas’uliyati cheklangan hamda
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun 53-moddasi 
beshinchi-oltinchi qismlari
.
Bir turdagi yuridik shaxs boshqa turdagi yuridik shaxsga aylantirilganida (tashkiliy-huquqiy
shakli o‘zgartirilganida), qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish
hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o‘tadi.
 LexUZ sharhi


Qarang:mazkur Kodeksning 
51-moddasi
, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun 97-moddasi 
to‘rtinchi qismi
, “Mas’uliyati cheklangan hamda
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun 54-moddasi 
to‘rtinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasining Uy-joy kodeksining 
12-moddasi
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling