usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada bo‘lishi
cheklab
qo‘yilmagan bo‘lsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishi mumkin.
Muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydigan fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari
(muomaladan chiqarilgan obyektlar) qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli bo‘la
oladigan yoki muomalada
bo‘lishiga maxsus ruxsatnoma bilan yo‘l qo‘yiladigan fuqarolik huquqlari obyektlarining
(muomalada bo‘lishi cheklangan obyektlarning) turlari qonunda ko‘rsatilgan
tartibda
belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
81
,
83 — 96
,
182
,
1041 — 1048
,
1056-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining 31.10.1990-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunining
3-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining 20.07.2006-yildagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to‘g‘risida”gi Qonunining
5 — 8-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib
chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Qonunining
7 — 12-moddalari
.
7-BOB
MODDIY NE’MATLAR
83-modda. Mol-mulkning turlari
Mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka
bo‘linadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik
dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan
boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga
nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan
obyektlar
kiradi.
(83-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi O‘RQ-83-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda)
Qonunda boshqa mol-mulk ham ko‘chmas mol-mulk qatoriga kiritilishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni qo‘lga kiritish va ular bekor bo‘lishining
xususiyatlari qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
(83-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-801-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son)
Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char
mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
81, 82
,
84 — 96-moddalari
, 111-moddasining
uchinchi qismi
,
210-
moddasi
, 386-moddasining
to‘rtinchi qismi
, 497-moddasining
uchinchi qismi
, 504-moddasining
oltinchi
qismi
, 565-moddasining
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining 31.10.1990-yildagi “O‘zbekiston
Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunining
3-moddasi
.
Do'stlaringiz bilan baham: