O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 135-modda. Ishonchnomaning shakli
- 136-modda. Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomalar
134-modda. Ishonchnoma
Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi. Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaxsning ustavida (nizomida) ko‘rsatilgan faoliyat maqsadlariga zid bo‘lmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 135 — 144 , 1182-moddalari . 135-modda. Ishonchnomaning shakli Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, ushbu Kodeksning 136 , 137 , 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonunchilik bilan ishonchnomaning o‘zgacha shakli belgilab qo‘yilgan boshqa hollar bundan mustasno. (135-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 110 , 129 , 134-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni 28-moddasi birinchi qismining 1-bandi , 47-moddasi . 136-modda. Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomalar Quyidagilar notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtiriladi: Oldingi tahrirga qarang. gospitallarda, sanatoriylarda va boshqa harbiy-davolash muassasalarida davolanayotgan harbiy xizmatchilarning hamda boshqa shaxslarning shu muassasalarning boshliqlari, ularning tibbiy qism bo‘yicha o‘rinbosarlari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno; harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar, qo‘shilmalar, muassasalar hamda harbiy o‘quv yurtlari joylashgan, notarial idoralar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa organlar bo‘lmagan punktlarda esa — ishchi va xizmatchilarning, ular oilalarining va harbiy xizmatchilar oila a’zolarining shu qism, qo‘shilma, muassasa va o‘quv yurtlarining komandirlari (boshliqlari) tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno; ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo‘lgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni 26-moddasi birinchi qismining beshinchi, oltinchi xatboshilari , Vazirlar Mahkamasining 07.03.2006-yildagi 38-son “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori . (136-moddaning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 27- sentabrdagi O‘RQ-56-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 39-son, 385-modda) Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling