O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

134-modda. Ishonchnoma
Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi
shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli
vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat yuridik
shaxsning ustavida (nizomida) ko‘rsatilgan faoliyat maqsadlariga zid bo‘lmagan bitimlarni tuzish
uchungina berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
135 — 144

1182-moddalari
.
135-modda. Ishonchnomaning shakli
Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan
harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak,
ushbu Kodeksning 
136

137

138-moddalarida
nazarda tutilgan hollar va qonunchilik bilan
ishonchnomaning o‘zgacha shakli belgilab qo‘yilgan boshqa hollar bundan mustasno.
(135-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
110

129

134-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Notariat
to‘g‘risida”gi Qonuni 28-moddasi birinchi qismining 
1-bandi

47-moddasi
.
136-modda. Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomalar
Quyidagilar notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtiriladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
gospitallarda, sanatoriylarda va boshqa harbiy-davolash muassasalarida davolanayotgan
harbiy xizmatchilarning hamda boshqa shaxslarning shu muassasalarning boshliqlari, ularning


tibbiy qism bo‘yicha o‘rinbosarlari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan
ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi
ishonchnomalar bundan mustasno;
harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar, qo‘shilmalar, muassasalar hamda harbiy o‘quv
yurtlari joylashgan, notarial idoralar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa organlar
bo‘lmagan punktlarda esa — ishchi va xizmatchilarning, ular oilalarining va harbiy xizmatchilar
oila a’zolarining shu qism, qo‘shilma, muassasa va o‘quv yurtlarining komandirlari (boshliqlari)
tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va
tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo‘lgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning
tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport
vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni 26-moddasi birinchi qismining
beshinchi, oltinchi xatboshilari
, Vazirlar Mahkamasining 07.03.2006-yildagi 38-son “Avtomototransport
vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
qarori
.
(136-moddaning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 27-
sentabrdagi O‘RQ-56-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 39-son, 385-modda)

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling