O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Bitimning bir qismi haqiqiy emasligining oqibatlari


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

128-modda. Bitimning bir qismi haqiqiy emasligining oqibatlari
Bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi bitimga haqiqiy sanalmagan qism qo‘shilmasa
ham u tuzilgan bo‘lar edi, deb taxmin qilish mumkin bo‘lsa, uning boshqa qismlarining haqiqiy
sanalmasligiga sabab bo‘lmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14

41

105

116

127-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida
bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar


to‘g‘risida”gi 17-son qarorining
 14-bandi
.
10-BOB
VAKILLIK VA IShONChNOMA
129-modda. Vakillik
Ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga
asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomonidan boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan
tuzilgan bitim vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga
keltiradi, o‘zgartiradi va bekor qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
130 — 134-moddalari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘z xarakteriga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni, shuningdek qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa bitimlarni vakil orqali tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(129-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
694

704-moddalari
, 1120-moddasining
 ikkinchi qismi
.
Vakil o‘ziga vakolat bergan shaxs nomidan shaxsan o‘ziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda
vakili bo‘lgan boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas, tijorat vakilligi
bo‘lgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
133-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual
kodeksi 
39-moddasi
, 42-moddasi 
beshinchi qismi
, 47-moddasi 
to‘rtinchi qismi

66 — 70 moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 14.05.2010-
yildagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi
to‘g‘risida”gi 
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-son
“Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlari
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
12.2-bandi
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling