O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi
Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning ustuvor sektorlari
Download 149.98 Kb.
|
Ubaydullayev Saidakbar IQT-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning ustuvor sektorlariInnovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda quyidagi sektorlarga ustuvor ahamiyat qaratiladi:
Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalarStrategiyani amalga oshirish davomida quyidagi natijalarga erishiladi: yoshlarda yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik qobiliyatlarini shakllantirish; innovatsion faoliyatni mikro va makro darajada amalga oshirish va rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha innovatsiyalar sohasidagi mutaxassislarni ko‘paytirish; xalqaro maydonda mamlakatning ilmiy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan, innovatsiyalarning keng joriy etilishida bozor talablariga moslashuvchan milliy innovatsion infratuzilmasini shakllantirish va modernizatsiya qilish; resurs safarbarligining uzluksiz zanjirini yaratish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash; oliy ta’lim muassasalarida tadbirkorlik muhitini yaratish va ixtisoslashtirilgan “spin-off” kompaniyalarini tashkil etish; milliy iqtisodiyotga innovatsion mahsulotlar va yechimlarni ishlab chiqib, joriy qilishning zamonaviy “zanjiri” va yagona tizimini yaratish orqali mamlakatda innovatsiyalar va texnologiyalar sohasining investitsion jozibadorligini oshirish, manfaatdorlik va raqobat muhitini yaratgan holda xorijiy investitsiyalar va texnik-ko‘mak grantlari, shuningdek, venchur tashkilotlari hamda tegishli moliya bozorlarining turli vositalari orqali moliyalashtirish hajmini oshirish; “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga asoslangan kichik va o‘rta biznes kompaniyalari va startaplar sonini ko‘paytirish; “samarador” innovatsiya salohiyatiga ega ilmiy ishlanmalar va startap tashabbuslarni tijoratlashtirish darajasini oshirish; jahon andozalari asosida startap va kichik innovatsion tashkilotlarni birlashtirish orqali innovatsion klasterlarni va yirik tashkilotlarni tashkil etish, mavjudlarini modernizatsiya qilish, ilmiy-texnik va metodologik qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha diversifikatsiyalash; “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga xususiy sektorni keng jalb etish va ularning innovatsion faolligini oshirish; hududlarning innovatsion faolligi va ilmiy salohiyatini oshirish; ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulot va xizmatlarning jahon bozoridagi eksport hajmini oshirish; xalqaro sifat sertifikatiga ega, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan milliy brend mahsulotlarini ko‘paytirish; “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish orqali yoshlar va xotin-qizlar hamda xorijiy davlatlarda tashqi migratsiya faoliyati orqali mehnat qilayotgan mehnatga layoqatli aholi qatlamini yuqori daromadli munosib yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash; “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish orqali sanoatning samaradorligi va hajmini oshirish; yangi raqobatbardosh va yuqori texnologiyali mahsulotlarning arzonlashtirilgan va hammabop katta hajmli ishlab chiqarishini tashkil etish orqali qo‘shimcha iqtisodiy qiymat (kapital) yaratish; mamlakatda o‘zaro manfaatdorlik, rag‘bat va raqobatga asoslangan “innovatsiya — kapital — innovatsiya” siklik jarayonini ta’minlash hamda bu jarayonda ishlanma egasi, tadbirkorlar va investorlarning mulkka egalik huquqini kafolatlash; muntazam ravishda o‘z ehtiyojlari va muammolari yechimiga qaratilgan “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga sarmoya kiritish madaniyatiga ega innovatsion faol va tashabbuskor jamiyatni shakllantirish.
Download 149.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling