O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkilotiga teng huquqli a’zo bo‘lishining muammolari


Tashkilotga a’zo bo‘lish O‘zbekistonga nima beradi?


Download 63.39 Kb.
bet2/6
Sana20.10.2023
Hajmi63.39 Kb.
#1713266
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Jahon Savdo Tashkilotiga teng huquqli a’zo bo‘lishining muammolari

Tashkilotga a’zo bo‘lish O‘zbekistonga nima beradi?
O‘zbekiston JST a’zo bo‘lishdan bir necha jihatdan foyda ko‘rishi mumkin:
Yangi bozorlarga chiqish: JSTga a’zo bo‘lish orqali O‘zbekiston butun dunyo bo‘ylab kengroq bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu eksport hajmini oshirish va mamlakatda xorijiy sarmoyalarni ko‘paytirishga yordam beradi. Natijada iqtisodiy o‘sish oshadi va ko‘proq ish o‘rinlari yaratiladi.
Yaxshilangan savdo qoidalari: O‘zbekiston JST a’zosi sifatida xalqaro savdo qoidalari va talablariga rioya qilishi talab qilinadi. Bu mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, savdo amaliyotida shaffoflikni oshirish va korrupsiyani kamaytirishga yordam berishi mumkin.
Intellektual mulkni himoya qilish: JST intellektual mulk huquqlarini himoya qilish uchun asos yaratadi, bu O‘zbekistonning o‘sib borayotgan texnologiya va ijodkorlik sanoati uchun muhimdir. 
Nizolarni hal qilish: JST xalqaro savdo bilan bog‘liq nizolarni hal qilish uchun platformani taqdim etadi. Tashkilotga qo‘shilish orqali O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan nizolarni adolatli va xolis hal etishga yordam beruvchi mexanizmdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ma’lumki, Jahon savdo tashkiloti davlatlararo ko‘p tomonlama savdo tizimini muvofiqlashtirib turuvchi nufuzli xalqaro tuzilmadir. Dunyo savdosining 95 foizi unga a’zo 164 ta mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tashkilotning asosiy vazifasi – erkin va shaffof savdo munosabatlarini tartibga solish va uni kengaytirish orqali a’zo mamlakatlar barqaror taraqqiyotini ta’minlash va insonlar turmushini yaxshilash hisoblanadi. Bu O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar maqsadiga to‘liq mos keladi.
Ilgari mamlakatimiz eksportning yarmi paxta tolasiga to‘g‘ri kelardi. Uning eksportidan to‘liq voz kechilgandan keyin, tayyor kiyim-kechak eksporti 4 baravar ko‘paydi. O‘tgan yil natijalariga ko‘ra, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 3 milliard 300 ming dollarni tashkil etdi. 2021 yilda O‘zbekiston GSP+ tizimiga qo‘shilgani natijasida Yevropa bozoriga tayyor mahsulot eksporti 1,5 baravar oshdi.
Tashqi savdoda tayyor mahsulot eksportini ko‘paytirishda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yanada keng imkoniyatlar ochadi. Shu bois O‘zbekiston 2019 yildan bu xalqaro tuzilmaga a’zolik jarayonini yangidan boshlagan edi. O‘tgan davrda bu maqsad sari dadil qadamlar qo‘yildi.
Yig‘ilishda davlatimiz rahbari Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish shartligini ta’kidlab, buning iqtisodiy ahamiyatiga to‘xtaldi.
– Kelgusi uch yilda tayyor mahsulot eksportini 2 baravar oshirish reja qilganmiz. Bunga erishishning birdan bir yo‘li – Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish. Bu 164 ta davlat bilan adolatli savdo tizimini yo‘lga qo‘yish va barqaror bozorlarni yaratish imkonini beradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz o‘tgan yilgi Murojaatnomasida bu jarayonni jadallashtirish haqida aytgan edi. Shu maqsadda Jahon savdo tashkilotiga a’zo 50 dan ziyod davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar olib borildi. Bu jarayon bo‘yicha joriy yilning mart oyida Jahon savdo tashkilotida ishchi guruhning oltinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Davlat rahbari huzuridagi taqdimotda a’zo davlatlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar muhokama qilindi.
Jahon savdo tashkilotining bitimlaridan kelib chiqib, milliy qonunchilikni unga uyg‘unlashtirish, tartib va standartlarni xalqaro talablarga moslashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Buning uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilib, ishchi guruhlarni shakllantirish, barcha vazirliklar va elchixonalar bilan tizimli ishlash zarurligi ta’kidlandi.

Maʼlumki, Jahon savdo tashkiloti (JST) — mamlakatlararo savdo qoidalarini boshqarib turuvchi yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi.


Xoʻsh, ushbu tashkilotning asosiy vazifasi nimalardan iborat? Global dunyo uchun qanday ahamiyat kasb etadi? Unga aʼzo boʻlish qanchalik samara keltiradi? Keling, quyida shular haqida fikr yuritamiz.
Xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini taʼminlash, iqtisodiy oʻsish va xalq farovonligini oshirish JSTning asosiy funksiyalari sirasiga kiradi. JST unga aʼzo boʻlgan mamlakatlardan ichki bozorni erkinlashtirishni qatʼiy talab qiladi. Ushbu vazifani bajarish esa unchalik oson kechmaydi. Sababi arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi chet el korxonalariga raqobat qila olmagan milliy korxonalar tanazzulga uchrashi ayni haqiqatdir.
Shunday ekan, Oʻzbekiston uchun kutiladigan natija nima boʻladi? Albatta, har bir ishning samaradorligi oʻsha -davlat, muhitdagi yaratilgan sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga chambarchas bogʻliq kechadi. Buning uchun:
iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar rivojlanishini tartibga solish;
narx-navoni tartibga solish va maqbul soliq tizimini vujudga keltirish;
alohida sektorlar va ishlab chiqarishda subsidiyalarni saqlash;
tovarlarni standartlash va sertifikatsiya qilish tizimini tartibga solish;
xorij sarmoyalari jozibadorligini oshirish;
import va eksport boj toʻlovlari tarifini tartibga solish talab qilinadi.
Har bir davlatning bu tashkilotga aʼzo boʻlish jarayoni oʻrtacha 8 — 10, baʼzi davlatlar uchun esa 10 — 15 yilni tashkil etadi. Oʻzbekiston 1995-yilda ariza topshirgan boʻlishiga qaramasdan, faqat 2017-yildan boshlab, ijobiy siljish kuzatilyapti. Lekin ustuvor sohalarning boshqaruvi 30 yildirki, monopolistlarning qoʻlida turibdi. Masalan, transport sohasida yagona aviakompaniya, temir yoʻl kompaniyasi xohlagan narxini oʻrnatadi, jamiyat, -davlatchilik ular bilan samarali kurasha olmaydi. Bundan Oʻzbekiston iqtisodiyoti koʻp yildirki, aziyat chekmoqda.
Shuni ham taʼkidlash lozimki, dunyoning eng katta iqtisodiyot egalari — AQSH, Gʻarbiy Yevropa davlatlari, -Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlar JSTdan unumli foydalana oladi. Kichik davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston ham bu imkoniyatlardan toʻliq foydalana olmasligi ularning umumiy resurslariga borib taqaladi. Mamlakatimizning JSTga aʼzoligi YEOIIning tartib-qoidalari va monopoliyasiga tushib qolmaslikning oldini oladi, deb hisoblaymiz. Ichki monopolistlardan qutulish muammosi hal boʻladi. Xalqaro darajada erkin raqobat tizimi oʻz-oʻzidan yaratiladi.

Download 63.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling