155 -modda. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning
155
,
155
,
155
,
158
,
159
,
161
,
242
,
245
,
254
,
255
va (yoki)
264-
moddalarida
nazarda tutilgan, dastlabki tergov hamda sud muhokamasi materiallari bilan
isbotlangan, aniq ma’lum bo‘lgan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik xususiyatiga
ega jinoyat to‘g‘risida xabar qilmaslik, —
(155 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi
O‘RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(155 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarga nisbatan o‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(155 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |