O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

3-modda. Kodeksning prinsiplari
Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm,
insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga
asoslanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
4 — 10-moddalari
.
4-modda. Qonuniylik prinsipi
Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat
Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
14

42

43 
va 
77-moddalari
.
Hech kim sudning hukmi bo‘lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va
qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir etishda aybdor deb
topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasining 
birinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 23-moddasining 
birinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining 
ikkinchi qismi 
va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya
kodeksining 
2-bobi 
(“Mahkumlarning huquqiy holati”).
 LexUZ sharhi
08/02/23, 15:24
Стр. 1 из 228


Qarang: sud amaliyoti.
5-modda. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi
Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi,
shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun
oldida tengdirlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 18-moddasining 
birinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
16-moddasi
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling