6-modda. Demokratizm prinsipi
Jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat
sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari
mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 1-moddasi ikkinchi qismining
yettinchi
xatboshisi
,
7
va
99-moddalari
.
7-modda. Insonparvarlik prinsipi
Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini
kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasining
ikkinchi qismi
.
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining
oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir
chorasi qo‘llanilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 42-moddasining
ikkinchi qismi
.
Jazolashdan ko‘zlangan maqsadga ushbu Kodeks
Maxsus qismining
tegishli
moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan
taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining
XI bobi
(“Jazo tayinlash”).
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining
28-bandi
.
8-modda. Odillik prinsipi
Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa
huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning
ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks
15-moddasi
,
V bobi
, 54-moddasining
ikkinchi qismi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
1-
bandi
.
Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 29-bandining
birinchi xatboshisi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |