O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

184-modda. Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash
(184-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 
03/22/758
/0207-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni,
kamaytirib ko‘rsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki yig‘imlarni
to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ro‘y bergan bo‘lsa, —
(184-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi
O‘RQ-758-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 
03/22/758
/0207-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(184-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
174-
moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash:
(184-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
12.03.2022-y., 
03/22/758
/0207-son)
a) takroran;
b) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(184-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa,

(184-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi
O‘RQ-758-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 
03/22/758
/0207-
08/02/23, 15:24
Стр. 115 из 228


son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(184-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-
maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun
javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 
qarori
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 
7-bandi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar
bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
16

18 — 25

29-
bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik
faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 13-
bandining 
ikkinchi xatboshisi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qasddan yashirilgan, kamaytirib ko‘rsatilgan foyda (daromad) bo‘yicha soliqlar va
yig‘imlar to‘liq to‘langan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(184-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 
03/22/758
/0207-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib
chiqish natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organining qarorini yoki O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish
departamentining sodir etilgan jinoyat haqidagi xabarini olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun
ichida soliqlar va yig‘imlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida
davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
(184-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 
03/22/758
/0207-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 
Soliq kodeksi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-
maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga
nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining 
birinchi

ikkinchi xatboshilari
.
(184-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli 
Qonuni
 tahririda
— O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling