155 -modda. Terrorizmni moliyalashtirish
Terrorizmni moliyalashtirish, ya’ni terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini, faoliyat
ko‘rsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib
ketishni yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni ta’minlashga, terrorchilik
harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga
ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki
bilvosita har qanday mablag‘-vositalarni, resurslarni berishga yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar
ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) mansabdor shaxs tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga o‘z
vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining hamda
terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko‘maklashgan bo‘lsa,
basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan
ozod etiladi.
(155 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuniga
2
1
2
3
3
08/02/23, 15:24
Стр. 92 из 228
asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni 2-
moddasining
to‘rtinchi xatboshisi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |