Davlatga
xoinlik qilish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan josuslik,
chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoxud
O‘zbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib
borishda boshqacha yordam
ko‘rsatish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining suverenitetiga,
hududiy daxlsizligiga,
xavfsizligiga, mudofaa salohiyatiga, iqtisodiyotiga zarar yetkazishga qaratilgan qasddan sodir
etilgan qilmish —
(157-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-411-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(157-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining
1
,
10-
moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-maydagi 849-XII-son “Davlat sirlarini
saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish to‘g‘risida”gi qarori
2-bandi
.
Chet el davlati yoki tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan
davlatga zarar yetkazuvchi faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik
qilish uchun jalb qilingan
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi o‘zining bunday hamkorligi to‘g‘risida hokimiyat
organlariga
ixtiyoriy ravishda arz qilsa, uning faoliyati esa respublika manfaatlariga zarar
yetkazmagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Basharti, O‘zbekiston
Respublikasining fuqarosi, o‘z qilmishi to‘g‘risida hokimiyat
organlariga
ixtiyoriy ravishda xabar qilib, jinoyatni ochishga faol yordam bergan va buning
natijasida davlat uchun kelib chiqishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlarning oldi olingan bo‘lsa,
jazodan ozod qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: