O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

167-modda. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish
Aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini
o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(167-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
08/02/23, 15:24
Стр. 100 из 228


O‘sha harakat:
a) ko‘p miqdorda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(167-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘sha harakat:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;
g) kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(167-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan
mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(167-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-
maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga
nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining 
birinchi xatboshisi

8 — 20-
bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik
vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 20-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud
amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
3 — 5-bandlari
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik
qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining 
birinchi xatboshisi
, 7-
bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-
sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
10-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-
oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining
ikkinchi xatboshisi
, 25-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.
(167-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
08/02/23, 15:24
Стр. 101 из 228



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling