Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkdorga ancha miqdorda zarar
yetkazish,
basharti, bu qilmishda talon-toroj qilishning alomatlari bo‘lmasa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha
axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(170-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-
oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori
13-bandi
.
O‘sha harakat:
a) takroran yoki
xavfli retsidivist tomonidan;
b) moddiy javobgar shaxs tomonidan;
v) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan
ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki
yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(170-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(170-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: