O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar
175-modda. O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar
tuzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Naf keltirmasligi ayon bo‘lgan bitimni tuzish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi
hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib bo‘lingan, ma’naviy eskirgan yoki zamon
talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga,
shuningdek ularni o‘rnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika
manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazgan bo‘lsa, xuddi shuningdek bunday bitim
tuzilishiga sabab bo‘lgan ekspert xulosasini yoki boshqa hujjatni vakolatli davlat organining
2
08/02/23, 15:24
Стр. 107 из 228


yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan berish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yildan besh yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(175-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘sha harakat:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda shaxs jazodan ozod
etiladi.
(175-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksining 
171 -moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-
apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
11-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-
maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga
nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining 
uchinchi xatboshisi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling