Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu boyicha maruza (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KAPITALIZMNI SHAKLLANISHI. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SOʼNG DUNYONING YETAKCHI MAMLAKATLARINI IQTISODIY RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI.
- 10.1.AQShning iqtisodiy taraqqiyoti
3-MAVZU: YETAKCHI KAPITALISTIK MAMLAKATLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIXASR OXIRI - XX ASR BOSHI). IKKI JAHON URUSHLARI ORALIGʼIDA TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNI SHAKLLANISHI. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SOʼNG DUNYONING YETAKCHI MAMLAKATLARINI IQTISODIY RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI. Yetakchi KAPITALISTIK MAMLAKATLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) Tayanch atamalar va iboralar: tabiiy-geografik omil, import boji, demografik omil, monopoliya, progressizm, oilaviy monopo- liya, ■ Reja: 10.1. AQShning iqtisodiy taraqqiyoti 10.2. Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti 10.3. Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti 10.1.AQShning iqtisodiy taraqqiyoti ◄ AQShda jadal iqtisodiy o‘sish omillari. 1. Janubiy shtatlarda quldorlik tuzumini bekor qilib, davlat tomonidan yerni mayda uchastkalarga bo‘lib ommaviy sotib va yerga ishlov berishni xohlovchi har bir fuqaroga yer sotib olishga ruxsat berib Amerika hukumati Qo‘shma Shtatlarda kapitalizm rivojlanishiga yo‘l ochib berdi. 2. Sanoat ishlab chiqarishini o‘sish sur’atlarini jadallashuvida tabiiy-geografik omil katta rol o‘ynaydi – katta xom ashyo ba- zasini mavjudligi, turli foydali qazilmalar. 3. AQShning tashqi savdo siyosati – olib kirilayotgan tovarlarga katta bojlar qo‘yilardi, shu bilan birga kapital olib kirishga umu- man boj yo‘q edi. Import tovarlariga 10% darajada boj qo‘yilishi 1861 yildan so‘ng davlat daromadlarini xarajatlarga nisbatan yili- ga 100 mln.doll.ga oshishini ta’minladi. 4. ilmiy-texnika progressi va inqilobi yutuqlarini keng qo‘llanilishi. Qo‘shma Shtatlar o‘z korxonalarini yangi texnika (o‘sha davrga nisbatan) bilan ta’minlardilar. Ular elektroenergi- yani ishlab chiqarish va qo‘llash bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda edilar – elektr toki sanoatda, shaharlarni yoritishda, xo‘jalikda ish- latilar edi. 5. demografik omil. AQSh hududida aholi zichligi juda past darajada ekanligi ish kuchi etishmovchiligini keltirib chiqara- rdi, undan tashqari bu holat ishlab chiqarish jarayonlarini mex- 110 10-MAVZU. ETAKCHI KAPITALISTIK MAMLAKATLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) anizatsiyalash va texnik fikrlashni rivojlantirishga olib kelib, Yev- ropa mamlakatlariga nisbatan yuqoriroq ish haqini taqozo etardi. 6. tarixiy-geografik omil. Yevropadan uzoqligi va Janubiy Amerikaga yaqinligi bu yosh kapitalistik mamlakatga G‘arbiy ya- rimsharda o‘z holatini mustahkamlash imkonini berdi. 1913 yilga kelib AQShning xorijiy investitsiyalari 2,5 mlrd.doll. ni tashkil etdi, ulardan 1 mlrd.doll. Kanadaga (temiryo‘l qurilishi) va 1 mlrd.doll. Meksikaga (neft qazib olish). AQSh Boliviyaning qalay sanoatini, Chili va Perudagi mis sanoatini, Janubiy Amer- ikadagi muhim temir yo‘llarni nazorat qilar edi. Uzoq Sharqda AQShni qiziqish obyekti Xitoy edi, uning ichki bozori cheksiz tal- abdan iborat edi. Amerika sanoatining rivojlanish sur’atlari va tarkibi. Monopo- listik bosqchida AQSh iqtisodiyoti yuqori sur’atlar bilan rivojlandi, ushbu ko‘rsatkich boshqa kapitalistik mamlakatlarnikidan yuqori edi. 1870-1913 yy.da AQSh yalpi ijtimoiy mahsulotining o‘sish sur’ati 4,3%ni tashkil etdi, bu ko‘rsatkich Germaniyada – 3%, An- gliyada – 2,4%, Fransiyada – 1,1%ni tashkil etdi. Milliy boylik etti marotaba, sanoat ishlab chiqarishi to‘qqiz marotaba o‘sdi. AQShda ayniqsa og‘ir sanoat tez rivojlandi, bu ikkinchi ITIning asosiy yo‘nalishlari natijasi edi. 1870-1913 yy.da ko‘mir qazib ol- ish 17 marotaba, neft qazib olish – 76 marotaba, po‘lat eritish – 46 marotaba o‘sdi. Konsentratsiya va monopolizatsiya jarayoni. Monopolistik bosqichga o‘tish ishlab chiqarishni jadal konsentratsiyalashuvi natijasi edi. 1913 yilda AQShda sanoat mahsuloti ishlab chiqar- ish hajmida yirik korxonalar (500 va undan ko‘p ishchilar) ulushi 85%ni tashkil etardi. Kapitalning markazlashuvi darajasini quyida- gi ko‘rsatkich aks ettiradi – aksioner jamiyatlar barcha ishchilarn- ing 80%ni mujassamlashtirar edi. AQShda birinchi monopoliya 1872 yili paydo bo‘ldi – “Standart oyl” eng yirik neft kompaniyasi 1 . Uni Dj. Rokfeller tashkil etgan. 1879 yilda bu monopoliya katta daromadlar olib mamlakatda neftni qayta ishlashni 95%ni nazorat qilar edi. AQShda monopoliyaning eng keng tarqalgan shakli – trestlar edi, ular barcha tarmoqlarda (elektrotexnikadan tortib to tamaki 1 Заславская М.Д. История экономики: Учебное пособие для бакалавров / М.Д.Заславская. – М.: “Дашков и К°”, 2013. –С.169. 111 sanoatigacha) tashkil etildi. Temiryo‘l qurilishi to‘liq monopoll- ashtirilgan tarmoq hisoblanar edi. AQShning monopollashganligi darajasiga po‘lat, neft, elektr, temir yo‘l “qirollari” sulolalari orqali baho berish mumkin, bular - Morganlar, Rokfellerlar, Vanderbildlar, Garrimanlar va boshq. Trestlarni bank monopoliyalari bilan birlashib ketishi jarayoni faollashib Amerika moliyaviy kapitali vujudga keldi. Ikki bank gu- ruhi Morgan va Rokfeller yetakchi pozitsiyalarni egallashdi. XX asr boshida AQSh iqtisodiyoti yuqori sur’atlar bilan rivojl- anishda davom etdi. Qayta ishlash sanoatining hajmi Angliya, Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarning jami ishlab chiqarish hajmi bilan tenglashdi. Jahon sanoat ishlab chiqarishida AQShn- ing ulushi 36%ga etdi, po‘lat eritishda – 47%, toshko‘mir qazib olish – 45%, neft qazib olish – 82%ga tenglashdi. Progressizm va davlat-monopolistik kapitalizm davri. 1901- 1914 yy. Amerika tarixiga progressizm davri sifatida kiritildi, chunki bu yillarda davlat tomonidan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarni qamrab oluvchi demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilgan edi. 1914 yilda AQShda Kleyton qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra kasaba uyushmalari va fermerlar ittifoqlari aksiltrest qonuni ta’siri ostiga tushmas edi. Federal zaxira tizimi(FZT)ni tashkil etish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Bu tizimga Vashingtonda joylashgan Federal zax- ira boshqaruvi boshchilik qilishi kerak edi. 12 ta federal zaxira banklari tashkil etilib ularning kapitali milliy, shtat va sanoat banklari badallaridan shakllanar edi. Shu davrda Federal sanoat komissiyasi (FSK) tashkil etildi, un- ing vazifasi - shaxs va korporatsiya faoliyatining nopok uslublari to‘g‘risida axborot to‘plashi va javobgarlikka tortish edi. Shunday qilib, AQShda progressizm davrida davlat-monopo- listik kapitalizmi boshlanib, bunda davlat iqtisodiyotni rivojlan- tiruvchi, uning barcha sohalarini qamrab oluvchi tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Ishchilar holati. Shahar aholisi. Kapitalistik tizim yuqori eksplu- atatsiya normasi aholini tabaqalashuvi bilan ajralib turar edi. Mil- lionerlar soni 4 mingga etdi; 1% aholi mamlakat milliy boyligining yarmiga ega edi. Shaharlar soni o‘sdi. 1850 yilda AQShda 6 ta yirik shahar bo‘lgan bo‘lsa, 1900 yilda ularning soni 38 taga etdi, ular- dan eng yiriklari - Nyu-York, Chikago, Filadelfiya. Ammo qishloq 112 Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling