Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
Yirik industrial mamlakat - AQShning iqtisodiy
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu boyicha maruza (3)
11.2.Yirik industrial mamlakat - AQShning iqtisodiy
taraqqiyoti Birinchi jahon urushidan oldin va urush davridagi iqtisodi- yot. Birinchi jahon urushi boshida AQSh jahonning yirik indus- trial mamlakati hisoblanib, unga jahon sanoat ishlab chiqarishin- ing 35% to‘g‘ri kelardi. Rivojlangan qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, qulay tabiiy-iqtisodiy muhit, Janubiy Amerikaning bitmas-tugan- mas bozorining yaqinligi, urush holatidagi Yevropaning uzoqligi XX asr boshidayoq AQShga jahonda yetakchilikka erishishga im- kon berdi. Yevropa mamlakatlaridan farqli o‘laroq AQSh Birinchi jahon urushida deyarli qatnashmadi, 1917 yilning 6 apreliga qadar 121 neytral pozitsiyani ushlab turdi. AQSh armiyasi bevosita harbiy harakatlarni 1918 yilning yozida boshladi, va Yevropa mamlakat- lariga nisbatan kam talofatlar ko‘rdi (taxminan 120 ming kishi). Birinchi jahon urushi oxiriga kelib AQSh o‘zining tashqi qarzini yarmini qoplash imkoniyatiga ega edi, va yirik kreditorga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 1918 yilda AQSh jahon oltin zaxirasining yarmiga ega edi. Inqirozli holatlar. Boshqa mamlakatlardagi kabi AQShda ham iqtisodiyot tarmoqlari rivojida nomutanosibliklar sezila boshlan- di. Bu hol xo‘jalik faoliyatiga davlatning faol aralashuviga sabab bo‘ldi. XIX asrning oxiridayoq Amerika hukumati monopoliyalarni iqtisodiyotga salbiy ta’siri bilan kurash olib bora boshladi. Urushdan keyingi davrda taraqqiyot. Prosperiti 1 . Urushdan keyingi davrda ko‘pchilik mamlakatlarda inqirozli holatlar harbiy talofatlar, konversion jarayonlar natijasida yuz berib ijtimoiy inq- irozga olib keldi. Lekin bu hol AQSh uchun xos emasdi. AQSh inqirozni juda qisqa muddatlarda engib 1923 yildayoq iqtisodiyotni jonlanishi kuzatildi. 1929 yilning oxiriga qadar iqti- sodiyotda prosperiti davri hisoblandi. 2 Taraqqiyotning asosi esa yangi tarmoqlarning (avtomobil, elektrotexnik, kimyo, radiotexnika va boshq.) jadal rivojlanishi bi- lan bog‘liq. 1929-1933 yy. Jahon inqirozi. 1929-1933 yy. Jahon inqirozi AQShda boshlanib bu mamlakat iqtisodiyotining barcha jab- halariga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. 1929 yilning 25 oktyabrida Nyu- York fond birjasida birja spekulyantlari tomonidan sun’iy narxlari oshirilgan aksiyalar kursini keskin pasayib ketishi natijasida saro- sima vujudga keldi. Zarar 15 mlrd.doll. hajmida hisoblandi. “Qora juma” XX asr 20- yy.dagi iqtisodiy o‘sishning yakunlanishini va chuqur iqtisodiy in- qirozni boshlanishini anglatardi. Buyuk Depressiya deb nomlangan iqtisodiy inqiroz xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini qamrab oldi. To‘rt yil ichida 1 prosperiti (ingl, prosperity) - taraqqiyot 2 Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2007. - С.240. 122 11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI mamlakatda sanoat ishlab chiqarishi 46,2%ga qisqardi. Avtomo- bilsozlik eng katta talofat ko‘rdi (ishlab chiqarish 80%ga qisqardi), cho‘yan eritish 79%ga qisqardi, po‘lat eritish 76%ga, neft qazib olish 78%, ko‘mir qazib olish 59%ga qisqardi. F. Ruzveltning “Yangi kurs”i. Franklin Ruzveltni 1933 yilda pr- ezidentlikka saylanishida “Yangi kurs” deb nomlangan samarali aksilinqiroz dasturi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. “Yangi kurs”ni avvalgi aksilinqiroz dasturlaridan prinsipial farqi shundaki Ruz- velt bozordagi jarayonlarni mustaqil ravishda tartibga solinishini rad etdi va davlatni xo‘jalik munosabatlariga faol aralashuvini tan oldi. “Yangi kurs” avvaldan o‘ylab chiqilgan islohotlar tizimi bo‘lmasdan empirik xarakterga ega edi. Buni ushbu siyosat- ning g‘oyasini ifodalovchi asosiy manba bo‘lgan Dj.Keynsning “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” kitobini 1936 yilda chop etilganligi ham isbotlaydi. Islohotlar boshlanganiga ikki yil bo‘lgandan keyingina aksilinqiroz siyosat tizimli xarakterga ega bo‘la boshladi. Ruzveltning birinchi islohotlari bank va moliya tizimini sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan edi. 1933 yil martida mam- lakatda barcha banklar faoliyati to‘xtatildi. Bu banknotalarni olt- inga aylantirish va ularni chetga olib chiqib ketishga to‘siq bo‘ldi. Mazmunan bu choralar dollarning oltin standart tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatib milliy valyutani qadrsizlanishiga olib keldi. Ban- knotalarni oltin bilan ta’minlash metodidan voz kechmagan hol- da AQSh hukumati tashqi bozorlardan oltin sotib olishni amalga oshirdi, natijada ichki bozorda uning narxi pasaydi va 1934 yil yanvarida mamlakat valyutasini devalvatsiyasini 41% darajasida amalga oshirishga erishildi. “Yangi kurs” siyosatini qo‘llab hukumat mamlakatning eksport imkoniyatlarini kengayishiga, milliy ishlab chiqaruvchilarning ho- latini yaxshilanishiga erishdi, spekulyativ kapital faoliyati sohasini toraytirdi, investitsion jarayonni jonlanishi uchun shart-sharoit yaratdi. Sanoat ishlab chiqarishini jonlanishi ko‘pchilik muammo- larni hal etilishiga asos bo‘ldi. Ruzveltning aksilinqiroz agrar siyosati 1933 yil bahorida AQSh Kongressi tomonidan qabul qilingan qishloq xo‘jaligini tartibga solish to‘g‘risidagi qonun asosida amalga oshirildi. Agrar sektorni Qishloq xo‘jaligini tartibga solish Ma’muriyati boshqarardi. Ortiq- 123 cha ishlab chiqarish inqirozini engib o‘tish uchun o‘z xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni qisqartirayotgan fermerlarga mukofotlar va kompensatsiyalar berish tizimi ishlab chiqildi. “Yangi kurs” AQShni ijtimoiy yo‘naltirilgan davlatga aylanishini boshlab berdi. Siyosatning ijtimoiy yo‘naltirilganligi islohotlarn- ing ikkinchi bosqichidayoq ustuvor holatni egalladi. Stagnatsiya sharoitida 1935 yil yozida mehnat munosabatlari to‘g‘risida Mil- liy qonunni qabul qilinishiga erishildi. Bu qonun tarixga Vagner qonuni sifatida kirdi (senator R.Vagner nomi bilan nomlangan). Kasaba uyushmalari tuzilishi qonuniy deb tan olindi, ular ish beru- vchilar oldida yollanma ishchilar manfaatlarini jamoa shartnoma- larini tuzish orqali amalga oshirar edi. 1936 yilda Ijtimoiy ta’minot to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Unga binoan qarilik pensiyasi va ishsizlik, kasallik va nogironlik nafaqalari joriy etildi. Ammo qonun savdo va xizmat sohalarida band bo‘lganlarga ta’sir etmas edi. Ikki yildan so‘ng AQShda Adolatli mehnat sharoitlari to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Unda mehnat haftasining uzunligi 44 soat hajmda belgilandi, federal ahamiyatdagi korxonalarda ish haqin- ing minimal va maksimal chegaralari belgilandi, bolalar mehnati taqiqlandi. Ruzvelt siyosatining asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiyotini in- qirozdan olib chiqishga yo‘naltirilgan edi. Shu bilan birga, xususiy mulkka, ish kuchini sotish va sotib olishga asoslangan bozor mex- anizmlari tiklandi. Shu sabadan mamlakatni sotsilizatsiyalashtirish maqsad qilib qo‘yilmagan. Umuman olganda davlat aralashuvi siyosati AQShga iqtisodi- yotni inqirozli holatdan chiqarish imkonini berdi (ba’zi Yevropa mamlakatlariga nisbatan sekinroq bo‘lsa ham). 1937 yilga kelib AQSh bir necha iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 1929 yildagi poz- itsiyaga chiqib oldi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling