Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu boyicha maruza (3)
10.3.Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti
Yaponiya XIX asrning oxirida mustaqil kapitalistik rivojlanish yo‘lidan borgan birinchi va yagona osiyo mamlakati edi. Bu rivojl- anish o‘ziga xos xususiyatga ega edi, chunki feodalizm qoldiqlar- ini ta’siri bo‘lib rivojlanishni sekinlatar edi. Yapon kapitalizmi harbiy-feodal xarakterga ega edi, ya’ni iqti- sodiy faoliyatda pomeshchiklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi- gan monopoliyalar hukmroligi mavjud edi. Qarama-qarshiliklarga qaramasdan Yaponiyani markazlashgan davlatga aylanishi tez sur’atlar bilan amalga oshdi va Yaponiya qoloq feodal mamlakatdan “buyuk mamlakat”ga aylandi. Bu mus- 1 Хашимов П.З., Тураев Х.Н. Экономическая история. Т.: «Университет», 2003.- С.156. 116 10-MAVZU. ETAKCHI KAPITALISTIK MAMLAKATLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) tamlaka va yarimmustamlaka sharoitidagi boshqa osiyo mam- lakatlariga namuna bo‘ldi. Konsentratsiya va monopolizatsiya jarayoni. Bu bosqichda ish- lab chiqarishni konsentratsiyalashuvi davom etdi, yapon eksporti tarkibi o‘zgardi. Mamlakat ichida kapitalistik munosabatlarning juda past darajada rivojlanganligiga qaramasdan Yaponiya Xitoy, Koreya va Tayvanga kapital chiqarishni boshladi. Ishchilarning mehnat faoliyati og‘ir edi: o‘sish davrida ish haqi bir necha bor oshgan bo‘lsa ham ish vaqtining uzunligi 15-18 soatga etar edi. 1914 y.da ishchilar soni 1 mln.kishiga etdi. 1897-1898 yy.dagi moliyaviy inqiroz va 1900-1903 yy.dagi or- tiqcha ishlab chiqarish jahon inqirozi monopolizatsiyani chuqur- lashuviga turtki bo‘ldi. Yaponiya monopoliyalari birdaniga moli- ya-sanoat guruhlari tarzida shakllandi. Bu yapon kapitalizmining “davlat” xarakterini aks ettirardi. Davlat-monopolistik kapitalizmi birinchi bo‘lib Yaponiyada paydo bo‘lgan. Yosh yapon kapitalizmining Xitoy va Koreyaga qarab intilishi 1904-1905 yy.dagi rus-yapon urushiga olib keldi. Mamlakat iqti- sodiyoti to‘liqligicha harbiylashtirilgan edi. Ichki zayomlar (ay- niqsa majburiylari) keng tarqaldi. Yer solig‘i 3%dan 17%gacha ko‘tarildi. Real ish haqi 20%ga pasaydi. Harbiylashmagan tarmo- qlarni qisqarishi ishsizlikka olib keldi. Ekin maydonlari qisqardi. Mamlakatning tashqi qarzi o‘sdi. Harbiy xarajatlarning 60% xorijiy zayomlar evaziga qoplanardi. Ushbu urushda g‘olib chiqib Yaponiya Janubiy Manjuriyani va Janubiy Saxalinni bosib oldi. Yapon monopoliyalari ushbu mam- lakatlarga qarab intildi. Yapon tovarlarini Koreya va Manjuriya importidagi ulushi tegishli ravishda 74 va 60%ni tashkil etdi. Max- sus mustamlaka banklari tuzildi. 1906 yilda Janubiy Manjuriyada temiryo‘l qurilishini boshlagan yarimdavlat konserni tashkil etildi. 1900-1914 yy.da ushbu mamlakatlarga yapon investitsiyalari 1 mln.AQSh doll.dan 220 mln.doll.ga etdi. Kapital konsentratsiyasi kuchayib borib ishlab chiqarish kon- sentratsiyasidan o‘zib ketdi. Birinchi jahon urushi arafasida barcha kompaniyalarning 0,4% mamlakat yalpi kapitalining 38%ga ega- lik qilar edi. Yaponiya banki (1882 yilda tashkil topgan) yetakchi bank bo‘lib, unda moliyaviy mablag‘larning asosiy qismi jamlan- gan edi. 117 Yaponiyaning moliya-bank tizimi o‘ziga xosligi bilan ajral- ib turardi – unga jamoa moliya muassasalari kirar edi, masalan Omonatlar byurosi (Trast fond byurosi) va Narx jamg‘arma tizimi. Shakar, sement, ko‘mir, temiryo‘l uskunalari ishlab chiqarish tarmoqlarida yangi kartellar va sindikatlar paydo bo‘ldi. “Mitsui” va “Mitsubisi” kabi eski monopoliyalar xolding-kom- paniyalar boshqaruvidagi rosmana konsernlarga aylandi. “Asano”, “Fudzito” va “Okura” kabi kompaniyalar ham monopoliyaga ay- landi. Ammo Yaponiya G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShdan orqada edi, uning milliy daromadida sanoatning ulushi 40% edi. XX asr boshida mamlakat aholisining 2/3 qismi qishloq xo‘jaligida band edi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling