Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati
Shimoliy Kon Boshqarmasi
Ishlab chiqarish xonalari farroshining
mehnat muhofazasi bo’yicha
YO’RIQNOMA
9-35
“Tasdiqlangan” “Tasdiqlayman”
1-sonli BKUQ raisi ShKB bosh muhandisi
____________ S.I. Golman ___________ V.I. Fil
«____»_______________yil «____»______________yil
Ishlab chiqarish xonalari farroshining
mehnat muhofazasi bo’yicha
YO’RIQNOMA
9-35
I. Mexnat xavfsizligining umumiy talabalari
1.1. Ushbu yo’riqnoma ishlab chiqarish xonalarining farroshi uchun mo’ljallangan.
1.2. Ishlab chiqarish xonalarining farroshi bo’lib ishlashgan quyidagi shaxslarga ruxsat etiladi:
-tibbiy ko’rikdan o’tgan;
-bevosita ish joyida kirish yo’riq tanishuvidan, shuningdek texnika xavfsizligi bo’yicha yo’riq tanishuvidan o’tgan;
-ishning xavfsiz usullari bo’yicha o’quvdan va bilimlar tekshiruvidan o’tgan;
1.3. Ishlab chiqarish xonalarini tozalashga ruxsat etilgan shaxslar:
ichki mehnat tartibi qoidalarini bajarishi;
-ushbu yo’riqnoma talablarini bajarishi;
-ish paytida soz uskunalardan foydalanishi;
-me’yorga binoan ish joyida maxsus kiyim va maxsus oyoq kiyimda bo’lishi, ximoya vositalariga ega bo’lishi shart.
1.4.Adliya Vazirligida 07.01.2000 yildagi 870-raqam bilan qayd etilgan
-O’zbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi to’g’risidagi Qonunni;
-xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida”gi Qonunini;
-“Mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnomalarini ishlab chiqish to’g’risida Nizom”ning talablarini bilishi shart.
1.5. Ushbu yo’riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab chiqarish intizomini buzishdir. Bunda aybdorlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
2. Ish boshlanishdan oldin xavfsizlik talablari
2.1. Ish boshlanishidan oldin bajarish kerak:
maxsus kiyim va maxsus oyoq kiyimni kiyish, ish joyini yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlash;
-inventarlarning mavjudligi va sozligini tekshirish;
-balandlikda ishlash paytida (1 metrdan baland) zinapoyalarni, temir narvonlarni va maxsus tagliklarni maxkamligi ishonchli ekanligiga ishonch hosil qilish;
-ish joyida yorug’likni etarligiga ishonch hosil qilish.
2.2. Binoni supurib-sidirishdan oldin uni shamollatish yoki ventilyastiya qilish kerak (fortochkani ochish, supurib-sidirish amalga oshiriladigan joydan xalaqit beradigan narsalarni, material va chiqindilarni yig’ishtirib olish).
Do'stlaringiz bilan baham: |