Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari


 Yetakchi mamlakatlarning rivojlanishi dinamikasi


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana15.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1268689
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
3-Mavzu boyicha maruza (3)

12.2. Yetakchi mamlakatlarning rivojlanishi dinamikasi 
va shakllari 
XX asrning ikkinchi yarmida G‘arbiy Yevropa mamlakatlari 
iqtisodiy rivojlanishi barqaror edi. 1948 yildan 1973 yilga qadar 
ushbu hududning umumiy YaIM hech ham qisqarmadi. Shu davr 
iqtisodchilari avvaldan beri foydalanib kelinayotgan iqtisodiy ter-
minlar o‘rniga yangilarini joriy eta boshlashdi: “inqiroz” o‘rniga 
138


12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG 
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI 
– “retsessiya”, “ish sikli” o‘rniga – “iqtisodiy o‘sish sikli”, “inqiroz 
siyosati” o‘rniga – “nuqtali tartibga solish”.

G‘arb mamlakatlari iqtisodiyotini urushdan keyingi rivojlanishi 
ularni 50-60-yillarda jadal o‘sishi bilan xarakterlanadi. Germani-
ya va Italiyaning o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 4 marotaba o‘sdi, 
Fransiya 2 marotabadan ortiq, Buyuk Britaniya deyarli ikki ma-
rotaba. G‘arb mamlakatlarini jadal rivojlanishiga faqatgina Mar-
shall rejasi sabab bo‘lmasdan, balki ichki bozorni kengayib bori-
shi, xalqaro savdoni o‘sishi, Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan arzon 
neft qazib olinishi, urush davridagi ilmiy va texnik ishlanmalarni 
amaliyotga joriy etish asosida sanoatni sifat jiqatdan qayta qur-
ish, g‘arb mamlakatlari hukumatlarini iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan siyosati ham o‘z hissasini qo‘shgandir. 
◄ Retsessiyalar. 
Yevropada biznes faollikni birinchi bor tushkunlikka tushishi 
1948-1949 yy.da kuzatildi, lekin u havfli emasdi. 1951-1952 yy.da 
kuchli pasayish bo‘lib o‘tib, u butun Yevropa mamlakatlarini qam-
rab oldi. Ushbu retsessiya Koreya urushining (1950-1953 yy.) nati-
jasi bo‘lib, jahon urushiga aylanishi havfi mavjud edi. 
1957-1958 yy.dagi retsessiya faqatgina Yevropa mamlakatlarini 
emas, balki AQSh va Yaponiyani ham qamrab oldi. Retsessiyadan 
chiqishga hukumatlar tomonidan soliqlarni qisqartirish, kredit-
lashtirish shartlarini yumshatish va boshqa qabul qilingan chora-
tadbirlari sababchi bo‘ldi. Iqtisodiy taraqqiyotga yangi, 1958 yilda 
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH)ni tashkil etilishi ijobiy ta’sir 
ko‘rsatdi. 
1966-1967 yy.dagi retsessiya va undan keyin yuz bergan iqti-
sodiy jonlanish qisqa muddatli bo‘lib, 1971 yilga kelib pul inqirozi 
va 1973 yilda neft embargosi ta’siriga duch keldi, va u Yevropada 
iqtisodiy o‘sish sikllariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 1974-1975 yy.dagi 
tushkunlik davrida barcha industrial jihatdan taraqqiy etgan 
mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarishining jismoniy hajmi 5%ga 
qisqardi, xalqaro tovar aylanishi esa 4%ga qisqardi. 
Iqtisodiy o‘sish to‘xtadi. G‘arb mamlakatlarini xom ashyo va, 
asosan, neft bilan ta’minlanishida uzilishlar yuz bera boshladi. Neft 
narxning o‘sishi barcha tovar va xizmatlarning qimmatlashishiga 

Хашимов П.З., Тураев Х.Н. Экономическая история. Т.: «Университет», 2003.-
С.185. 
139



olib keldi. Narxlarni o‘sishi, inflyasiya asosiy iqtisodiy muammoga 
aylandi. XX asrning 80-yillaridagi murakkab iqtisodiy holat nati-
jasi g‘arbning ko‘pchilik mamlakatlarida neokonservatorlarni hu-
kumatga kelishiga olib keldi. 
◄ Buyuk Britaniya iqtisodiy rivojlanishi xususiyatlari. 
XX asrning 50-yillarida Buyuk Britaniyada rivojlanish sur’atlari 
boshqa yevropa mamlakatlarinikiga nisbatan pastroq edi. 70-y-
illar boshlariga kelib Britaniya imperiyasi tarkibida jahon okean-
idagi bir necha orollar qolgandi xolos, uning o‘zi esa Britaniya 
hamkorligiga (avvallari tarkibiga kirgan va sobiq metropoliya bi-
lan bog‘liqlikni tan oluvchi mamlakatlarning hukumatlararo tash-
kiloti) aylantirildi. Imperiyani yo‘q qilinishi uni yevropa integratsi-
yasida ishtirok etish masalasini ko‘tardi. 
Buyuk Britaniya iqtisodiyotni barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan 
bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. 1947 yildan boshlab 
tejamkorlik holati e’lon qilinib, unga binoan ish haqi, daromad-
lar muzlatildi, fuqarolarni iste’moli chegaralandi. Mamlakat uchun 
1945 yil 6 dekabrda ingliz-amerika zayomi to‘g‘risidagi kelishuv 
(Amerika hukumati funt sterling konvertatsiyalangan taqdirda 
Buyuk Britaniyani uzoq muddatli zayomlar bilan ta’minlaydi, bu 
esa, o‘z navbatida, funt egalarini dollarga yo‘naltirardi) katta 
muammolar tug‘dirdi. 
Sanoatga kapital qo‘yilmalar mehnat unumdorligini o‘sishiga 
olib keldi, 1948 yildayoq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 
urushdan oldingi darajaga yetdi. 1947 yilda qabul qilingan qish-
loq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning to‘rt yillik das-
turi mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirdi. XX asrning 50-yillar 
boshlariga kelib mamlakatning iqtisodiy salohiyati tiklangan edi. 
50-yillarda mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti jadallashdi. 
Bunga quyidagi omillar sababchi bo‘ldi: ilmiy-texnika inqilobini 
ta’siri, boshqaruv metodlarini takomillashtirish, ishlab chiqar-
ishga davlatning yirik kapital qo‘yilmalari, sanoatdagi tarkibiy 
o‘zgarishlar. 
Angliya boshchiligida 1960 yilda tashkil etilgan Yevropa er-

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling