Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu boyicha maruza (3)
kin savdo assotsiatsiyasi (YESA), YIHga kirmagan mamlakatlarni
(Avstriya, Daniya, Norvegiya, Portugaliya, Shveysariya, Shvetsiya) birlashtirgan bo‘lib ingliz tovarlari uchun qulay muhit yarata olma- di. Shu sababdan 1961 yildan Angliya Umumiy bozorga qo‘shilish 140 12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI bo‘yicha muzokaralarni olib borishni boshladi, va muzokaralar faqatgina 1973 yilga kelib muvaffaqiyat bilan tugadi. XX asr 60-70-yy.ning ikkinchi yarmida mamlakat iqtisodiyoti murakkab holatda edi. Bunga 1973 yildagi jahon energetik inq- irozi, 1975 yildagi siklik inqiroz, va leyboristlar hukumatining ijti- moiy dasturlarga katta xarajatlari sababchi bo‘ldi. ◄ “Tetcherizm”. 1 1979 yilda Angliyada M.Tetcher boshchiligidagi hukumat rah- barlik qila boshladi. “Tetcherizm” tushunchasi, huddi “reygano- mika” kabi, jahon iqtisodiy adabiyotiga kirib, iqtisodiy siyosatning yangi konseptual ko‘rinishlarini (neoliberalizm 2 yoki “yangi kon- servatizm” doirasida, neokeynsian tartibga solish konsepsiyalari- dan voz kechganlikni) aks ettira boshladi. Neokeynschilar – Keynsning izdoshlari, ular Keynsning samar- ali talab nazariyasini to‘ldirishgan va aniqlashtirishgan edi. Ular tomonidan turli kon’yunktura holatlarida (pasayishda va o‘sishda) iqtisodiyotni davlat budjeti orqali tartibga solish nazariyasi yara- tilgan edi. Siyosat borasida Reygan va Tetcher chin konservator edilar. Amalga oshirilgan raqobatni qo‘llab-quvvatlash siyosati, Amerika va Britaniya iqtisodiyotiga jo’shqinlik bag‘ishladi. Reygan soliqlar- ni qisqartirish bo‘yicha keng miqyosli dasturni amalga oshirishini va pul muomilasi sohasida monetaristik siyosat o‘tkazishini e’lon qildi. Buyuk Britaniya va GFR AQShdan o‘rnak olishdi. Monetaris- tik siyosat oqibatlari IHTT (OESR) mamlakatlarida uzoq muddatli stagnatsiyani, ishsizlikni o‘sishini yuzaga keltirdi. Ammo importni kamayishi va neft eksport qiluvchi mamlakatlarga sanoat mahsu- lotlari sotilishini ko‘payishi natijasida IHTT savdo balansi yaxshi- landi. Soliqlarni pasaytirilishi kapital qo‘yilmalarni o‘sishiga, iqti- sodiy faollikni oshishiga olib keldi. 1 История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007.- С.467. 2 Neoliberalizm – iqtisodiyot fani va xo‘jalik faoliyatini boshqarish amaliyotidagi yo‘nalish bo‘lib, uning namoyondalari o‘zini-o‘zi tartibga solish, ortiqcha bo‘ysundirishdan ozod bo‘lish tamoyilini yoqlaydilar. Neoliberalizmga asosan uch maktab kiritiladi: chikago (Milton Fridmen), london (Fridrix fon Xayek), frayburg (Valter Oyken, Lyudvig Erxard). 141 Tetcher davrida Buyuk Britaniya iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarish apparatini modernizatsiyalash amal- ga oshirildi. Yalpi ichki mahsulotni o‘sishi G‘arbiy Yevropadagi eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi, mehnat unumdorligi oshdi. 80- yillar boshlaridan iqtisodiy o‘sish boshlandi. ◄ Fransiya iqtisodiyotining taraqqiyoti. Urush va to‘rt yil davomidagi okkupatsiya mamlakat iqtisodi- yotiga katta zarar yetkazdi. 1944 yilda Sharl de Goll boshchiligida muvaqqat hukumat tashkil etildi va u 1946 yilga qadar faoliyat ko‘rsatdi. Hukumat tarkibiga aholining turli qatlamlari manfaat- larini aks ettiruvchi turli partiyalar vakillari kirdi. Hukumatda moliya-iqtisod sohasidagi masalalar bo‘yicha fikr- lar birdamligi yo‘q edi. Milliy iqtisodiyot vaziri P.M.Frans tomoni- dan taklif etilgan pul islohoti, inflyasiyani oldini olish maqsadida ish haqi va narxlarni muzlatilishini, bank hisob raqamlarini yo- pish, banknotalarni majburiy tarzda almashtirishni nazarda tut- gan edi, lekin bu islohot de Goll tomonidan rad etildi. U moli- ya vaziri R.Pleven tomonidan ishlab chiqilgan islohot loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Ushbu islohot asosida katta hajmda ichki zay- omlar chiqarish nazarda tutilgan edi. Kommunistlar va hukumat- dagi ba’zi “so‘llar” muhim vazifa tariqasida xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechish qayd etishardi. 1945-1947 yy. davomida mamlakatda fransuz sanoatining 1/5 qismi davlat mulkiga o‘tkazildi. Boshqa rivojlangan mamlakatlar kabi xususiy mulkni davlat mulkiga o‘tkazish sanoatning boshqa asosiy tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatmadi. Davlat mulkiga o‘tkazish jarayonining cheklangan xarakterga egaligiga qaramasdan, u ma’lum bir darajada monopoliyalarning hukmronligini cheklash imkonini berdi, ikkinchi tomondan esa milliy iqtisodiyotga kapital qo‘yilmalar oqimini o‘sishiga olib keldi. 40-yy. oxiriga kelib mam- lakat iqtisodiyoti tiklandi. 1947 yil kuzida yangi moliya vaziri R.Mayer qat’iy cheklangan narxlar tizimini bekor qilib, turli valyuta kurslarini joriy etadigan rejani olg‘a surdi. Uning siyosati muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 1947-1955 yy.da o‘zaro yordam borasida keng shartnoma va kelishuvlar tizimi yaratildi. 142 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling