O‘sha qilmish juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha
axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(184 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
(184 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining
Budjet kodeksi
, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
175 -moddasi
.
185-modda. Qimmatbaho metallar yoki toshlarni topshirish qoidalarini buzish
Yer ostidan qazib olingan qimmatbaho metallar yoki toshlarni davlatga topshirish
qoidalarini buzish, davlatga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha
muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari
yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(185-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Rangli va
qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida
nizom
va “Tarkibida qimmatbaho
metallar mavjud bo‘lgan parchalar va chiqindilarni tayyorlash, qadoqlash, yetkazib berish tartibi, qabul
qilish topshirish shartlari, shuningdek iste’molchilar bilan ulardan qimmatbaho metallarni parchalar
va chiqindilar ko‘rinishida qabul qilganlik uchun hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risida”gi
yo‘riqnoma
(ro‘yxat raqami: 107, 12.10.1994-y.).
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: