O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


XIII bob. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

XIII bob. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
2
2
2
2
08/02/23, 15:24
Стр. 119 из 228


186-modda. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini
ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar
ko‘rsatish
Iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni
o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish
yoki xizmatlar ko‘rsatish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(186-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘sha harakatlar badanga o‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(186-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”
gi Qonunining 
23-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida”gi Qonunining 
27-moddasi 
va O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati
va xavfsizligi to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
(186-modda O‘zbekiston Respublikasining 25-apreldagi 2007-yil O‘RQ-93-sonli 
Qonuni 
tahririda —
O‘R QHT, 2007-y., 17-18-son, 171-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling