Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar
Reja:
Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish uchun javobgarlik.
Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish va muomalaga kiritish jinoyati uchun javobgarlik.
CHigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish uchun javobgarlik.
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik
Noqoqnuniy tadbirkorlik faoliyati va savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili.
Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili.
Raqobatchini obro‘sizlantirish va qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish jinoyatlari tushunchasi va yuridik tahlili
1. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish uchun javobgarlik
(O‘zR JK 186 -moddasi)
Jinoyatning bevosita ob’ekti qonun bilan mahsulotlarni sertifikat-lashtirishning belgilangan tartibi, shuningdek ho‘jalik faoliyati sohasi-dagi iste’molchilarning manfaatlari, ularning xavfsiz tovar, ish va xiz-matlarni olishga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiarishga qaratilgan ijti-moiy munosabatlar.
Qo‘shimcha bevosita ob’ekti esa, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini ta’-minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar. (JKning 186-modda, 2, 3 va 4 -qismlari).
Jinoyatning predmeti iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlar, (ishlar, xizmat) hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |