O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

BEShINChI BO‘LIM
HOKIMIYAT, BOShQARUV VA JAMOAT BIRLAShMALARI ORGANLARINING FAOLIYAT
TARTIBIGA QARShI JINOYATLAR
XV bob. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar
205-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, ya’ni davlat organi, davlat
ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining
o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar
yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
(205-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi
O‘RQ-391-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha
ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(205-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘sha harakat:
a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
(205-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-
avgustdagi O‘RQ-391-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(205-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-
apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim
08/02/23, 15:24
Стр. 143 из 228


masalalar to‘g‘risida”gi qarori 4-bandining 
ikkinchi xatboshisi

8-bandi
, 10-bandining 
ikkinchi
xatboshisi
, 11-bandining 
to‘rtinchi xatboshisi

26 
va 
29-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va
tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha
sud amaliyoti haqida”gi qarorining 
4-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-
maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga
nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 
7

13 
va 
16-bandlari
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni
to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi
to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining 
to‘rtinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 15-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling