201-modda. Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish
Xo‘jalik faoliyatida o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘it, o‘sish
biostimulyatori yoki boshqa kimyoviy dorilarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki ulardan
foydalanish qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki
baliqlarning qirilib ketishi yoxud boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa,
—
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy
jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni
cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(201-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(201-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining
42-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining
18-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va
begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining
24-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 27-moddasining
uchinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasining
to‘rtinchi qismi
.
08/02/23, 15:24
Стр. 140 из 228
Do'stlaringiz bilan baham: |