O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

198-modda. Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni
shikastlantirish yoxud nobud qilish
Olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish natijasida ekinzorlarni, o‘rmonlarni,
daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish ko‘p miqdorda zarar
yetkazilishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
O‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni qonunga xilof ravishda kesish ko‘p
miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima
yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirish,
payhon qilish, nobud qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni
cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(198-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli 
Qonuni 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 
03/20/653
/1592-son)

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling