215-modda. Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish
O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat
gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(215-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari
to‘g‘risida”gi Qonuni 16-moddasining
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunining
13-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunining
8-moddasi
, O‘zbekiston
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonunining
13-
moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
216-modda. Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda
tuzish
G‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish
yoki ularning faoliyatini tiklash, shuningdek bunday birlashmalar yoki tashkilotlar faoliyatida
faol qatnashish —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(216-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
57-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi
“O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunining
3-moddasi
va
2-bobi
(“Jamoat birlashmalarining tuzilishi va ular faoliyatining to‘xtatilishi”), O‘zbekiston Respublikasi
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining
III
(“Nodavlat notijorat tashkilotini tuzish
tartibi”) va
IV bo‘limlari
(“Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”), O‘zbekiston
Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasining
beshinchi
qismi
,
11-moddasi
.
(216-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son
Qonuni
tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |