O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


 -modda. Yer berish tartibini buzish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

229 -modda. Yer berish tartibini buzish
Yer berish tartibini buzish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin
sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(229 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘sha harakat:
a) takroran sodir etilgan bo‘lsa;
b) sug‘oriladigan yerlarning qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum
qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(229 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
229 -modda. Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish
Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
3
3
3
4
4
4
5
08/02/23, 15:24
Стр. 163 из 228


qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari
yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Yer uchastkasining noqonuniy olib qo‘yilishi olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi
binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini,
mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qo‘yish
munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rni oldindan va to‘liq qoplanmagan holda buzib
tashlashga sabab bo‘lsa, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki
ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat
ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha
ozodlikni cheklash yoxud muayyan huquqdan mahrum etib uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
Xuddi shunday harakatlar ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xuddi shunday harakatlar ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda yoki juda ko‘p miqdorda
zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(229 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-667-sonli 
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 
03/21/667
/0035-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling