O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


 -modda. Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalashtirish (qalbakilashtirish)


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

230 -modda. Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalashtirish (qalbakilashtirish)
Jinoyatni sodir etishga aloqasi yo‘qligi oldindan ayon bo‘lgan shaxsni jinoiy ta’qib qilish
maqsadida yoxud shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga zarar yetkazish
maqsadida tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishga
vakolatli shaxslar tomonidan soxtalashtirish (qalbakilashtirish), —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(230 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘sha qilmishlar axborotni nooshkora olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnika
vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(230 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-344-son “Tezkor-qidiruv
faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasi birinchi qismining 
birinchi

oltinchi xatboshilari
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling